20:10 23 Noyabr 2017
Efir
Simvol nezavisimosti Uzbekistana na ploщadi Mustakillik

Oʻzbekiston 2025 yilgacha jahondagi eng yetakchi 20 ta davlatlar roʻyxatiga kirmoqchi

© Flickr/ Adeel Anwer
Iqtisod
Havola olish
111650

Oʻzbekiston investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiyotni yanada rivojlantirish boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Doing Business hisoboti doirasida Oʻzbekiston 2025 yilgacha jahondagi eng yetakchi 20 ta davlatlar roʻyxatiga kirish borasida ish olib borilmoqda. Bu haqda bugun boʻlib oʻtgan xalqaro davra suhbatida Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi Azim Axmedxoʻjayev maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, bu maqsadlarga erishish uchun respublika birinchi navbatda investitsion siyosatini ishlab chiqish borasidagi ishlarni mantiqiy yakuniga yetkazish zarur. Bu yoʻnalishda tayyorlanayotgan Investitsiya kodeksi loyihasi muhim omil boʻladi.

"Biz xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha milliy qonunchilik bazasini qayta koʻrib chiqmoqdamiz. Hozirgi kungacha Investitsiya kodeksi loyihasi va tuzilishi tayyorlandi. Bu kodeks yagona huquqiy hujjat boʻladi. Biz aniq tushunamizki, kelgusidagi rivojlanishimiz bugungi kunda qoʻyayotgan qadamlarimizga bogʻliq boʻladi", — dedi Axmedxoʻjayev.

Bugungi kunda Oʻzbekiston investitsiya masalalari qoʻmitasi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy istiqbollarni rivojlantirish boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganmoqda.

Oʻzbekiston sarmoyaviy salohiyatning oshishida, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan qonunlar ishlab chiqilishida hamda kafolatlangan qoʻshimcha imkoniyatlar yaratilishida alohida ahamiyatga ega.

Qoʻmita rahbari soʻzlariga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonda barqaror moliyaviy tizimni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Bu masalada korporativ va moliyaviy maʼlumotlarni toʻliqligi, mahalliy kompaniyalar tomonidan hisobot yuritish ishlarini xalqaro standartlar darajasiga yetkazish zarur boʻladi.

"Biz xalqaro maydonda Oʻzbekiston brendini yaratmoqdamiz va targʻib qilmoqdamiz. Bu yerda qisqa muddatda shiddatli piar-kompaniya haqida gap ketmoqda. Shuningdek, butun dunyo boʻyicha biznes yetakchilarini jalb qilishga harakat qilmoqdamiz. Biz yangi qonunchilik tashabbuslar va amaliy qadamlarni qamrab oluvchi uzoq muddatga moʻljallangan strategiyani ishlab chiqishni rejalashtirganmiz", — deb taʼkidladi Axmedxoʻjayev.

Oʻzbekiston oktyabr oyida ilk bor UzAgro brendi ostida Rossiyaga meva-sabzavotlar yetkazildi. Sal ilgariroq Tojikiston Oʻzbekistonga yagona brend ostida yangi bozorlarni oʻzlashtirishni taklif qilgandi.

Asosiy mavzular