20:09 23 Noyabr 2017
Efir
Yevropeyskiy bank rekonstruktsii i razvitiya

YETTB Oʻzbekistonga 2018 yil oxiriga qadar 300 mln $ ajratadi

© Sputnik/ Aleksey Vitvitskiy
Iqtisod
Havola olish
148 0 0

Shu vaqtgacha ushbu Yevropa banki Oʻzbekistonga 120 mln dollar kredit mablagʻlari ajratgan edi.

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 2018 yil oxiriga qadar Oʻzbekistonga 300 million dollar kredit mablagʻlari ajratishni niyat qilgan, deb xabar qildi ushbu moliya tashkilotining birinchi vitsegʻprezidenti Filipp Bennet.

Eslatib oʻtamiz, shu vaqtga qadar YETTB Oʻzbekistonga uchta loyiha boʻyicha 120 mln dollar kredit ajratishni tasdiqlagan edi. Ushbu mablagʻdan 100 mln dollari Milliy bankka, kichik biznesni qoʻllabgʻquvvatlash maqsadlariga ajratiladi. Qolgan 20 mln dollar Agromir Juice va Jurabek Laboratories kompaniyalari orasida taqsimlanadi.

"YETTB aktsionerlari Oʻzbekistonda faoliyatini qayta tiklashga qaror qilganidan beri biz bir necha loyihalar tayyorladik. Ular shu yilning oxiriga qadar yoki kelasi yil davomida imzolanishi kerak. Bu bizga kelajakki ishonch bilan qarash imkonini beradi", — dedi Filipp Bennet.

"Biz nafaqat moliya resurslari boʻyicha, balkim davlat va xususiy korxonalar hamkorligida? qayta tiklanadigan energiya manbaalari sohasida va madaniy meʼrosni saqlab qolish sohalarida ham hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqchimiz. Bu sohalarda bizning tajribamiz juda katta", — deb qoʻshimcha qildi bank vakili.

Bennetning soʻzlariga koʻra, bankning respublikadagi faoliyati va amalga oshirilayotgan loyihalar muvaffaqiyati Oʻzbekiston tomonidan oʻtkazilayotgan islohotlarga bevosita bogʻliq.  

"Shu hafta oxirigacha biz 120 mln $lik loyihalarni imzolaymiz. Undan tashqari 2018 yil oxiriga qadar Oʻzbekistonga yana 300 mln $ kredit ajratishni rejalashtirganmiz", — dedi bank vakili.  

Shu bilan bir vaqtda, YETTB maʼlum bir mamlakat uchun cheklangan byudjet yoʻqligini maʼlum qildi. Bozorda talab boʻlsa va vaziyat imkon bersa, bank kelajakda ham mablagʻ kiritishda va oʻzbekistonga sarmoyadorlarni jalb etishda davom etadi.

Asosiy mavzular