16:53 21 Noyabr 2017
Efir
Jeleznaya doroga.

Rossiya temir yoʻllari "Oʻzbekiston temir yoʻllari"ga 50 foizlik chegirma joriy etdi

© Flickr/ Ed Webster
Iqtisod
Havola olish
386 0 0

Rossiya temir yoʻllari refrijerator tarkiblarda keltiriladigan meva-sabzavot import tashuvlari uchun 2019 yilgacha 50 foizlik chegirma joriy etdi

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiya temir yoʻllari 2019 yilgacha Oʻzbekiston va Tojikistondan refrijerator tarkiblarda keltiriladigan meva-sabzavot import tashuvlari uchun 50 foizlik chegirma joriy etdi, deb xabar berdi RTYning "Gudok" gazetasi.

"Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalaridan "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ va "Rohi ohani Tochikiston" DUKka qarashli refrijerator tarkiblarda meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasiga temir yoʻl orqali toʻgʻridan-toʻgʻri import tashuvlar uchun mavjud tariflarga nisbatan 0,5 pasayuvchi koeffitsiyent joriy etilsin", — deyiladi boshqaruv qarorida.

Qayd etilishicha, mazkur koeffitsiyent ushbu davlatlarga tegishli refrijerator tarkiblardan foydalanishda RTY toʻlovlardan ozod etilgan holda amal qiladi.

"Koeffitsiyent oʻrnatilgan tartibda kuchga kiradi va 2018 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi", — deyiladi xabarda.

Boshqaruv yigʻilishi bayonnomasi 3 noyabrda imzolangan va juma kuni eʼlon qilingan. RTY ichki hujjat yurituviga koʻra, yuk tashish boʻyicha temir yoʻl transporti xizmati uchun tariflarni pasaytirish haqidagi RTY boshqaruvi qarori u kompaniya rasmiy saytida eʼlon qilinganidan 10 kun oʻtgach kuchga kiradi.

Asosiy mavzular