16:41 21 Noyabr 2017
Efir
Ministr ekonomiki Turtsii Nixat Zeybekchi

Turkiya iqtisodiyot vaziri: Markaziy Osiyo - Turk-islom tsivilizatsiyasi vatanidir

AP Photo / MTI, Janos Marjai
Iqtisod
Havola olish
Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman (19)
43540

"Markaziy Osiyo: Yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik" mavzuidagi xalqaro konferentsiyada Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchi nutq soʻzladi

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Samarqand shahrida 10-11 noyabr kunlari "Markaziy Osiyo: Yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik" mavzuidagi xalqaro konferentsiya oʻz ishini boshladi.

Xalqaro konferentsiyada dunyoning 500 dan ziyod siyosatchilari va yuqori lavozimdagi davlat vakillari ishtirok etmoqda.

Ushbu konferentsiya ishini yoritish uchun AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Eron, Xitoy, Yaponiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Afgʻoniston, Pokistondan 40 dan ortiq OAV xodimlari ishtirok etmoqda. Shuningdek, 100 dan ortiq mahalliy OAVlar vakillari Forumlar saroyi Matbuot markaziga jam boʻlishgan.

Konferentsiyada Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchi soʻzga chiqdi.

"Markaziy Osiyo mintaqasini Turk-islom tsivilizatsiyasi paydo boʻlgan va rivojlangan vatan deb bilamiz. Barcha odamlar bir-birini yaqin qarindosh deb hisoblaydilar. Joʻgʻrofiy jihatdan kelib chiqishimiz umumiy boʻlgan. Kelajagimiz ham umumiydir. Shu sababli, hamkorligimizni davom ettirishda kelajak avlod oldida masʼulmiz. Hamkorlik faqatgina terrorchilik, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, migratsiyani boshqarish bilan chegaralanib qolmasligi kerak. Afgʻonistondagi beqarorlik mintaqada joylashgan barcha mamlakatlar hamkorligida oʻzaro muzokaralar orqali hal qilish mumkin. Hech qaysi mamlakat yolgʻiz oʻzi bu muammoni hal qila olmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, ushbu konferentsiyada ishtirok etayotgan barcha mamlakatlarning tashabbuslarini mamnuniyat bilan qoʻllab-quvvatlaymiz", — deb taʼkidladi Turkiya iqtisodiyot vaziri.

Turkiya iqtisodiyot vaziri 2009 yilda Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston davlatlari ishtirokida Turk davlatlari kengashi tuzilganligi, bu Kengash terrorchilikka qarshi kurashish masalalaridan boshlab, turizm va taʼlim sohalarigacha hamkorlik olib borishini aytib oʻtdi.

Vazir shu yil noyabr oyida Istanbulda rejalashtirilgan yigʻilishga Markaziy Osiyo davlatlari vakillarini taklif qildi.

"Bu yil biz Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqilligining 26 yilligini nishonladik. Shu vaqt mobaynida mamlakatlar ulkan rivojlanish koʻrsatkichlariga erishdilar. Oʻtgan 25 yil ichida Turkiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasida ish olib bordi. Soʻnggi yillarda jahonda energiya resurslarining narxlari tushib ketishiga qaramasdan, oʻzaro hamkorlik yaxshi natijalarni berdi. Jumladan, 2016 yilda Turkiya Markaziy Osiyo mamlakatlariga 3 milliard dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Markaziy Osiyo mamlakatlaridan esa Turkiyaga 2,5 milliard dollarlik mahsulot va xizmatlar import qilindi. Turkiya tomonidan iqtisodiyotning turli tarmoqlariga investitsiyalar kiritish natijasida Markaziy Osiyo davlatlarida yangi ish oʻrinlari ochilmoqda. Turk qurilish pudratchi kompaniyalari tomonidan shaharlar, aeroportlar, magistral yoʻllar, mehmonxonlar barpo etilmoqda. Mintaqaviy hamkorlikning eng koʻzga koʻringan mahsuli bu — 2013 yil oktyabr oyida Baku-Tbilisi magistral yoʻlning ochilishi boʻldi. Bu 836 km temir yoʻl Turkiyaning Anatoliy shahrini Osiyoning boshqa qismi bilan bogʻlaydi. Bu loyiha mintaqada Buyuk ipak yoʻlini tiklashga xizmat qiladi. Turkiya Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bogʻlovchi oʻziga xos koʻprik boʻladi", — deb taʼkidladi Turkiya iqtisodiyot vaziri.

Nixat Zeybekchi nutqining yakunida Markaziy Osiyo jahon tashqi savdoning muhim tarmogʻi ekanligi, Turkiya kelgusida fuqarolar va mahsulotlarni erkin harakatini taʼminlash boʻyicha Xitoyning avtomobil yoʻl qurilishi borasidagi tashabbusini qoʻllab-quvvatlaganligi va memorandum imzolanganligini aytib oʻtdi.

Mavzu:
Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman (19)

Asosiy mavzular