20:09 23 Noyabr 2017
Efir
Zdaniye Promsvyazbanka

"Trastbank" Rossiyaning "Promsvyazbank"i bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

© Sputnik/ Aleksey Kudenko
Iqtisod
Havola olish
69 0 0

Memorandum Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlar va xizmatlarni yetkazib berishni nazarda tutuvchi savdo amaliyotlarni va loyihalarni moliyalashtirish sohasida oʻzaro manfaatli operatsiyalarni birgalikda amalga oshirishni nazarda tutadi

TOSHKENT, 10 noya – Sputnik. Oʻzbekistondagi "Trastbank" XAB Rossiyaning "Promsvyazbank" banki bilan hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladi. Memorandum "Trastbank" XAB rahbarlari boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida imzolandi, deb xabar berdi bank matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, memorandum Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlar va xizmatlarni yetkazib berishni nazarda tutuvchi savdo amaliyotlarni va loyihalarni moliyalashtirish sohasida oʻzaro manfaatli operatsiyalarni birgalikda amalga oshirishni nazarda tutadi.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Oʻzbekiston Milliy banki va Rossiyaning Vneshekonombanki orasida hamkorlik shartnomasi imzolangandi. Ushbu shartnomaga koʻra, Vneshekonombank Oʻzbekiston Milliy bankiga energetika sohasidagi loyihalar uchun 10 yil muddatga 250 mln dollargacha boʻlgan kredit liniyasi ochadi.

Asosiy mavzular