Ravon Rossiyada sotuv rekordini o‘rnatdi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON
Prezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yil bilan solishtirganda hech qaysi avtoishlabchiqaruvchi Ravon singari keskin o‘sishni qayd eta olmadi

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchisi 2017-yilda Rossiyada (yanvardan oktabrgacha bo‘lgan davr) 11147 dona avtomobil sotdi. Bu haqda Sitytraffic.ru ma’lum qildi.

Ravon Motors Osh - Sputnik O‘zbekiston
O‘shda Ravon avtosaloni ochildi

2016 yil bilan solishtirganda hech qaysi avtoishlabchiqaruvchi Ravon singari keskin o‘sishni qayd eta olmadi.

"2016 yilda rossiyalik avtoishqibozlar ko‘plab sabablar tufayli ommaviy ravishda Ravon sotib olishga shoshilishmaganda. Mamlakatda ushbu rusumning rasmiy dilerlari deyarli yo‘q edi. Mashinaga pul to‘lab, uni O‘zbekistondan keltirishlarini kutish kerak edi. Buning ustiga, ushbu mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatadiganlar yo‘q edi", — deyiladi xabarda.

2017 yilda vaziyat o‘zgardi: ushbu mashinalarni sotib olish osonlashdi va texnik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Shu bois sotuv keskin o‘sdi.

Eslatib o‘tamiz, Ravon brendi futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasining rasmiy homiysi bo‘ldi. Homiylik kelishuvi doirasida keng miqyosdagi imij va reklama huquqlarini qo‘lga kiritdi.

Ravon — yangi brend bo‘lib, 2015-yildan buyon General Motors Uzbekistan tomonidan bozorga chiqariladi. U Rossiyada 20-yil davomida bir million donaga yaqin sotilgan afsonaviy Uz-Daewooning "vorisi" hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0