20:09 23 Noyabr 2017
Efir
Uzekspotsentr

Made in Uzbekistan: Eksportni qoʻllab-quvvatlash koʻrgazmasida 10,5 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

© Facebook / Uzexpocentre
Iqtisod
Havola olish
129 0 0

Oʻzbekistonlik ishbilarmonlar avtomobil sanoati, yengil sanoat, elektrotexnika, kimyo, togʻ-metallurgiya, mebel sanoatlari hamda qurilish va farmatsevtika sohalarida ishlab chiqarilgan 10 mingdan ortiq mahsulotlarni taqdim etishdi.

 

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Toshkentdagi Oʻzbekiston iqtisodiy yutuqlari koʻrmasi yakuniga yetdi, deb xabar qilmoqda Nuz.Uz nashri.

Oʻzekspomarkazda boʻlib oʻtgan koʻrgazmada 220ta eksport uchun moʻljallangan, sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar ishtirok etishdi. Ular avtomobil  sanoati, yengil sanoat, elektrotexnika, kimyo, togʻ-metallurgiya, mebel  sanoatlari  hamda qurilish va farmatsevtika sohalarida ishlab chiqarilgan 10 mingdan ortiq mahsulotlarni taqdim etishdi.

Koʻrgazmada Oʻzbekiston eksportni qoʻllab-quvvatlash fondi ham oʻz stendi bilan ishtirok etdi. Tadbirkorlar uchun mahsulotni toʻgʻri upakovka qilish, toʻgʻri markirovka qilish, “yagona darchadan”  eksport sertifikati olish, sugʻurtalash va transportirovka qilish borasida maʼlumotlar jamlangan qoʻllanmalar tarqatildi.

Shuningdek, Eksportni qoʻllab-quvvatlash  fondi ishtirokida mahalliy tadbirkorlar va boʻlajak importerlar orasida B2B uchrashuvlar oʻtkazildi. Qozogʻiston, Tojikiston va Quvaytlik kompaniyalar bilan 10,5 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

 

Asosiy mavzular