20:09 23 Noyabr 2017
Efir
Zavod po proizvodstvu steklovolokna

Samarqand viloyatida 6 ta kichik sanoat zonasi tashkil etiladi

© Sputnik/ Aleksey Nasыrov
Iqtisod
Havola olish
206 0 0

Kattaqoʻrgʻon, Bulungʻur, Narpay va Pastdargʻom tumanlari va Samarqand shahrida boʻsh turgan sanoat obʼyektlari negizida 6 ta kichik sanoat zonasi tashkil etiladi.

TOSHKENT, 12 noya – Sputnik. Samarqand viloyatining bir necha tumanlarida boʻsh turgan sanoat obʼyektlari negizida oltita kichik sanoat zonalari tashkil etiladi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida soʻzlagan nutqida aytib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Mehnat vazirligining axborot xizmati.

Xususan, sanoat zonalari Samarqand va Kattaqoʻrgʻon shaharlari, Bulungʻur, Narpay va Pastdargʻom tumanlarida yaratiladi.

Prezident nutqidan maʼlum boʻlishicha yengil sanoatda umumiy qiymati 1 trillion 400 milliard soʻm boʻlgan 34 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi va 3 ming 400 dan ortiq ish oʻrinlari yaratilishi moʻljallangan.

Amalga oshiriladigan loyihaar orasida yuqori texnologiyalarga asoslangan mashinasozlik, elektrotexnika va farmatsevtika kabi zamonaviy sohalarda umumiy qiymati 715 milliard soʻmlik 17 ta loyiha bor.

Shuningdek, mahalliy xom-ashyo asosida zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha umumiy qiymati 407 milliard soʻmlik 33 ta loyiha amalga oshirilishi va 1200 ta yangi ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan. 

Undan tashqari kelgusi 2 yil davomida meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha 519 milliard soʻmlik 47 ta loyiha amalga oshirilishi ham koʻzda tutilgan. 

Chorvachilik sohasida ham 47 milliard soʻmlik 14 ta loyiha, parrandachilik boʻyicha 186 milliard soʻmlik 22 ta loyiha amalga oshirilishi aytib oʻtildi. 

Eslatib oʻtamiz, prezident tashabbusi bilan tashkil qilingan, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida 138 million dollarlik 43 ta yangi loyiha amalga oshirilaishi kutilmoqda. Buning natijasida 2500ta yangi ish oʻrni yaratiladi. 

Asosiy mavzular