16:37 21 Noyabr 2017
Efir
Pobediteli konkursa molodыx predprinimateley sredi devushek

Tadbirkor qizlarning eng yaxshi loyihalari aniqlandi

© wcu.uz
Iqtisod
Havola olish
160 0 0

2017 yilning aprel-may oylarida boshlangan ushbu tanlovda kasb-hunar kollejlari bosqichlarida respublika boʻyicha 800 ta kollejdan 18 235 nafardan ortiq bitiruvchi qizlar oʻz loyihalari bilan ishtirok etishdi.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Toshkentdagi Oʻzbek milliy akademir drama teatrida «Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi — 2017» koʻrik-tanlovning Respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Xotin-izlar qoʻmitasi.

Marosimda biznes loyihalari eng munosib deb topilgan 82 nafar kollej bitiruvchilari Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining maxsus diplomlari, tijorat banklarining sertifikatlari, tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, taniqli sanʼatkorlar ishtirokidagi madaniy dastur namoyish etildi.

Pobediteli konkursa molodыx predprinimateley sredi devushek
Tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi

2017 yilning aprel-may oylarida boshlangan ushbu tanlovda kasb-hunar kollejlari bosqichlarida respublika boʻyicha 800 ta kollejdan 18 235 nafardan ortiq bitiruvchi qizlar oʻz loyihalari bilan ishtirok etishdi.

Tanlovning keyingi tuman va viloyat bosqichlarida 1717 va 579 nafar yoshlar ishtirok etishdi va uchta nominitsiya boʻyicha gʻolib boʻlgan qizlar soni 82 nafarni tashqil etdi.

"Qishloq xoʻjaligi sohasida eng yaxshi tadbirkor qiz" nominatsiyasida — 26 nafar, "Servis sohasida eng yaxshi tadbirkor qiz" — 27 nafar va "Ishlab chiqarish sohasida eng yaxshi tadbirkor qiz" nominatsiyasida — 29 nafar bittiruvchi qizlar gʻolib boʻldi.

Eslatib ztamiz, Oʻzbekiston hukumati xotingʻqizlar mamlakatning ijtimoiygʻiqtisodiy hayotida yanada faolroq ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Bugungi kunda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida band boʻlgan ayollar 45 foizni, jumladan, sanoatda 28,3, qishloq xoʻjaligida 37 foizni tashkil etadi. Fermer ayollar soni esa 1500 oshdi.

Pobediteli konkursa molodыx predprinimateley sredi devushek
Tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi

Asosiy mavzular