16:49 21 Noyabr 2017
Efir
Uzbekskiye sumы

Oʻzbekistonda gaz va svet uchun ustama narxlar joriy etiladi

© Flickr/ Chris Price
Iqtisod
Havola olish
190840

2020 yil 1 yanvardan Loyihaning amalga oshirish muddatiga 1 kVt/soat elektr energiyasi uchun 15 soʻm, 1 m. kub tabiiy gaz uchun 17 soʻm miqdorida zaruratga koʻra indeksatsiya qilinadigan investitsiyaviy ustama joriy etiladi

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. 2020 yil 1 yanvar sanasidan Oʻzbekistonda indeksatsiya qilinadigan investitsiyaviy ustama joriy etiladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Bu mamlakatda elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari bilan bogʻliq. Shu tariqa, 2020 yil 1 yanvardan isteʼmolchilar qoʻshimcha tarzda 1 kVt/soat elektr energiyasi uchun 15 soʻm, 1 m. kub tabiiy gaz uchun 17 soʻm ustama toʻlovini amalga oshiradilar.

Ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida dastlabki bosqichda 2 million dona elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish uskunalari, shuningdek, dasturiy taʼminot, qoʻshimcha asbob-uskuna, boshqa zarur texnika vositalari xarid qilinishini koʻzda tutilgan.

Shu tariqa isteʼmolchidan davlat koʻrigidan, xizmat koʻrsatish va boshqa ishlarni oʻtkazish uchun yechib olingan hisobga olish uskunasining oʻrniga zudlik bilan "Oʻzbekenergo" AJ va "Oʻztransgaz" AJ mablagʻlari hisobidan boshqa koʻrikdan oʻtgan hisobga olish uskunasi oʻrnatiladi.

Loyiha doirasida oʻrnatiladigan hisobga olish uskunalarining davlat koʻrigi "Oʻzstandart" agentligi tomonidan har 10 yilda amalga oshiriladi, hisobga olish uskunalarini davlat koʻrigiga topshirish boʻyicha ishlarni tashkil etish esa "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AJ va Byuro tomonidan taʼminlanadi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AJ va "Toshelectroapparat" MCHJ XK 2022 yil 1 yanvarga qadar kontraktlarga muvofiq hisobga olish uskunalari va qoʻshimcha vositalarni, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni olib kirganlik uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan, shuningdek, Loyihani amalga oshirish doirasida qoʻshimcha qiymat soligʻidan ozod qilinsin.

Mamlakat rahbari respublika hududiga loyihaning texnik parametrlariga mos kelmaydigan hisobga olish uskunalari va qoʻshimcha vositalarni olib kirishni taqiqlashi eʼtiborni jalb qiladi.

Yana bir muhim jihat — yaqin kelajakda respublikada xorijiy kompaniya ishtirokida yuqorida koʻrsatilgan hisobga olish uskunalari va qoʻshimcha vositalarni mahalliy ishlab chiqarish tashkil etiladi.

Asosiy mavzular