16:57 21 Noyabr 2017
Efir
Toplivorazdatochnaya kolonka na avtozapravochnoy stantsii

Rasman: Oʻzbekistonda benzin narxi koʻtarildi

© Sputnik/ Igor Zarembo
Iqtisod
Havola olish
141409

1 litr Ai-80 markadagi avtobenzini narxi 1000 soʻmga qimmatladi va endilikda 3800 soʻmni tashkil qilmoqda

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda 15 noyabrdan boshlab benzin narxi keskin koʻtariladi. Yoqilgʻining yangi bahosi avvalgisidan taxminan 40%ga yuqori boʻladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Tegishli qaror bugun 14 noyabr kuni Hukumat tomonidan imzolangan.

Bu haqdagi maʼlumotni nashr muxbiriga "Oʻzneftegaz" xodimi ham tasdiqlagan.

Omma eʼtiboriga havola qilingan maʼlumotlarga koʻra, benzin narxlari 15 noyabrdan boshlab quyidagi narxlarda sotiladi.

1 litr Ai-80 markadagi avtobenzin uchun — 3800 soʻm

1 litr Ai-91 avtobenzin uchun — 4300 soʻm

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha avtozapravkalarda ushbu narxlarga amal qilinadi.

"Oʻzbekneftegaz" kompaniyasidagi manba maʼlumotlariga koʻra, viloyatlardagi AYOQShlar oyiga ikki marta benzin yetkaziladi. Shu sababli, mahalliy aholiga benzin yetishmaydi.

Bunday vaziyat noqonuniy benzin sotuvi rivojlanishiga olib keldi. Xususiy shoxobchalarda ishlaydigan olibsotarlar ajratilayotgan benzinni chetga sotishadi. Viloyatlarda yoʻl chetida turib katta plastik baklajkalarda sotilishini koʻrish mumkin. Ushbu benzin narxi davlat tomonidan belgilangan narxdan oʻrtacha hisobda 60-90 foizga qimmat sotiladi.

Masalan, eng ommabop boʻlgan AI-80 markali benzin narxi 2800 soʻmda belgilangan boʻlsada, olibsotarlar ushbu benzinni 4000-5500 soʻmga pullashmoqda.

2010-2016 yillarda Oʻzbekistonda benzin ishlab chiqarilishi 26,2 foizga, dizel yoqilgʻisi 8,3 foizga kamayib ketdi. Shu oʻrinda, uglevodorodlarning importi 1,3 baravarga ortdi.

Yuzaga kelgan vaziyatni oʻzgartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekistonda mavjud boʻlgan neftini qayta ishlash zavodlarini modernitsiya qilish hamda Jizzaxda yangi zavod qurishga qaror qilindi. Bu zavodda yiliga 5 million tonna neftni qayta ishlash natijasida "Yevro-5" standartidagi 3,7 million tonna benzin ishlab chiqariladi. Shuningdek, 700 ming tonna aviatsiya kerosini, suyultirilgan gaz, mazut, bitum va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Bundan tashqari, Qozogʻiston orqali Rossiyadan neft olib kelish boʻyicha ham kelishuvga erishilgan.

Asosiy mavzular