16:47 21 Noyabr 2017
Efir
Peugeot

Peugeot-Citroen zavodi muddatidan oldin ishga tushadi

© AP Photo/ Jacques Brinon
Iqtisod
Havola olish
67610

Zavodda 600ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi, yillik ishlab chiqariladigan mahsulot qiymati 170 mln yevrodan ortiq boʻladi.

TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. Jizzaxda qurilayotgan Oʻzbekiston — Frantsiya  avtomobil zavodi – Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive oʻzining birinchi mahsulotini 2018 yilning 10 dekabrida chiqara boshlaydi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri "Uzavtosanoat" vakiliga asosan.

Shavkat Mirziyoyev, respublika uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan ushbu loyihani 2018 yilning 10 dekabrida ishga tushirishni topshirdi. Reja boʻyicha zavod 2019 yilning birinchi kvartalida ish boshlashi kerak edi.

“Zavodda Pejo Bokser modeli yiliga 3 mingta, Pejo Ekspert — 13 mingta ishlab chiqariladi. Mahsulot modifikatsiyalari roʻyxati jiddiy ishlab chiqlgan. Bokser 10-12 xil modifikatsiyada, Ekspert– 7 xil modifikatsiyada ishlab chiqarish koʻzda tutilgan”, — dedi manbaa.

Xususane, Pejo Bokser modeli asosida 16-18 kishilik mikroavtobus, tez yordam mashinalari, yuk tashish furgoni va refrijerator furgon ishlab chiqriash rejalashtirilgan. Pejo Ekspert asosida esa – 9-12 kishilik mikroavtobus, furgon, pikap va boshqa modifikatsiyalar ishlab chiqarish nazarda tutilgan. Yangi avtomobillar tejamkor boʻlib, Bokser uchun 100 kmga  9-12 litr yonilgʻi sarflaydi, Ekspert esa – 7-8 litr.

Zavodda 600ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi, yillik ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati esa 170 mln yevrodan oshiq boʻladi. Mahsulotning 50% MDH mamlakatlari, Eron va Frantsiyaga eksport qilish rejalashtirilmoqda. Yillik eksport hajmi 55 mln yevro, ehtiyot qismlar hajmi – 15 mln yevroni tashkil qiladi.

Yangi zavod “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida qurilmoqda. Korxonani loyihalashtirish  Peugeot Citroen kompaniyasi injenerlari bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Kelajakda ishlab chiqarilayotgan mahsulotda mahalliylashtirish ulushini 50%ga yetkizish rejalashtirilmoqda.

Asosiy mavzular