12:15 18 Dekabr 2017
Efir
Alisher Usmanov, arxivnoye foto

Alisher Usmonov: qoʻlimdan kelganicha Oʻzbekistonga yordam beraman

© Sputnik/ Mixail Klimentyev
Iqtisod
Havola olish
3557141

Alisher Usmonov "Reyter" agentligiga bergan intervyusida, Oʻzbekistonning yangi rahbariga tashqi dunyoga ochilishiga va Oʻzbekistonga imkon qadar yordam berishga tayyor ekanligini maʼlum qildi

TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan taniqli Rossiya biznesmeni, milliarder Alisher Usmanov ilk bor Oʻzbekiston hukumati bilan hamkorligi haqida aytib oʻtdi. "Reyter" agentligi xabariga asosan. 

Biznesmen hozirgi rahbariyat amalga oshirayotgan moliyaviy islohotlarning dadilligini juda hurmat qilishini maʼlum qildi.

"Men aksariyat mamlakatlarda boʻlgani kabi, bu 3-5 yil vaqt olsa kerak deb oʻylagandim. Biroq bu yerda vaziyat bir yilda hal boʻldi", — dedi Alisher Usmonov.

Uning soʻzlariga koʻra, avvallari Oʻzbekistonga sarmoya kiritishdan hamma choʻchirdi, chunki daromadlar repatriatsiyasi mexanizmi yoʻq edi.

"Bugun muammo qonun nuqtai nazaridan deyarli hal qilib boʻlindi. Bu Oʻzbekiston uchun ulkan, ilgʻor islohotlar", — deb taʼkidladi Usmonov.

Oʻzbekistonga qancha mablagʻ yoʻnaltirmoqchi ekani haqidagi savolga Alisher Usmonov "Qoʻlimdan kelganicha", deb javob berdi.

"Men qoʻlimdan kelganicha Oʻzbekistonga yordam berishga tayyorman va shunday qilyapman ham. Mening bugungi kundagi rolim — maslahatlashuvlar, konsalting va xayriya loyihalari".

Eslatib oʻtamiz, tez kunlarda Oʻzbekistonda zamonaviy "Qadimiy Buxoro" sayyohlik majmuasini qurilish loyihasini amalga oshirish boshlanadi. Ushbu loyihada Alisher Usmonov ishtirok etadi.

Asosiy mavzular