O‘zbekiston iqtisodiga kredit sarmoyalari bosimi kamaytiriladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishZnak protsenta
Znak protsenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat Sarmoyalar qo‘mitasi rahbari Azim Axmedxodjayev aytishiga qaraganda O‘zbekiston oxirgi yil davomida 100 dan ortiq yirik sarmoyalar shartnomalari imzolagan.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. O‘zbekiston kredit sarmoyalarining iqtisodiga bo‘lgan bosimini keskin kamaytirmoqchi dedi, Davlat Sarmoyalar qo‘mitasi rahbari Azim Axmedxodjayev Toshkentda bo‘lib o‘tgan biznes forum davomida.

“Balkim bu hozir sezilmayapti, lekin 2018-yil oxirida va 2019-yilda biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar O‘zbekistonga kirib kelayotganini sezamiz. O‘shanda kredit va qarz sarmoyalari bosimi keskin kamayadi”, — dedi Qo‘mita rahbari.

Axmedxo‘jayev aytishiga qaraganda, sarmoyalar uchun qulay iqlim yaratishda prezidentning 3-sentabrda imzolangan pul-kredit haqidagi qarori muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.  Xususan, sarmoyadorlar o‘z daromadlaridan foydalanishi bo‘yicha belgilangan cheklovlar olib tashlangan.

Undan tashqari, O‘zbekiston sarmoyadorlar uchun turli imtiyozlar yaratishda davomi etmoqda. Ular orasida miqdori 0ga teng bo‘lgan soliqlar va yaratilayotgan erkin iqtisodiy va erkin sanoat zonalari bor. Shuningdek, bojxona rasmiylashtirish tartibi osonlashtirilishi va ko‘plab soliq va bojlarning bekor qilinishi ham bunga qo‘l keladi.

Toshkentda bo‘libo‘tgan biznes-forumda 170 kompaniya va tashkilotlar ishtirok etdi. Ular orasi mahalliy korxonalar va yetakchi xalqaro sarmoyadorlar bor.

Yangiliklar lentasi
0