12:14 18 Dekabr 2017
Efir
Bureniye gazovoy skvajinы

CNPC korxonasi va "Oʻzbekneftegaz" hamkorlikda gaz qazib olishni boshlashdi

© Sputnik/ Vitaliy Ankov
Iqtisod
Havola olish
49611

Xitoy korporatsiyasining kompaniyasi va "Oʻzbekneftegaz" Buxoro viloyatidagi konlarni oʻzlashtirish ishlarini boshlab yuborishdi. Kelajakda 8 ta gaz quduq qazish va 43 kilometrlik gaz quvurini qurish ishlari amalga oshiriladi

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. New Silk Road Oil And Gas qoʻshma korxonasi CNODC (Xitoy milliy neftgaz korporatsiyasi CNPC) ishtirokida Buxoro viloyatida gaz kondensatini qazib olish konlaridan birida gaz qazib olish ishlarini boshlab yuborishdi.

2013 yil sentyabr oyida "CNODC" va "Oʻzbekneftgaz" MXK Oʻzbekistonda gaz kondensati konlarini qoʻshimcha ravishda qidirish va qazib olish uchun teng asosda qoʻshma korxona tashkil etishdi. QKning xom ashyo bazasi Buxoro viloyatining Qorakoʻl uchastkasida geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda topilgan 3 ta (Xoʻjadavlat, Sharqiy Olot va Dengizkoʻl koni) gaz kondensati konlari mavjud.

"Qoʻshma korxona Qorakoʻl sarmoyaviy blokining Xoʻjasayot uchastkasida gaz qazib chiqarishni boshladi". Bu haqda "Oʻzbekneftgaz" MXK vakili RIA Novostiga maʼlum qildi.

Rivojlantirish dasturi doirasida 2 ta yangi quduq ishga tushirildi, avval qazilgan 3 ta quduqda kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Real vaqt rejimida tabiiy gaz qazib olishni nazorat qilish boʻyicha zamonaviy avtomatlashtirilgan pult ishga tushirildi.

"Oʻzbekneftgaz" MXK maʼlumotlariga koʻra, yaqin kelajakda qoʻshma korxona Xoʻjadavlat va Sharqiy Olot konlarini qurishni rejalashtirmoqda. Xususan, 8 ta yangi quduq qazib olinadi, avval qazilgan 3 ta quduqda kapital taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi, shuningdek, 43 kilometrlik gaz quvuri barpo etiladi.

Barcha 3 ta gaz qazish konlarini ishga tushirilishi natijasida 2021 yilga kelib har yili 1 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olinadi. Bu oʻz navbatida eksport va ichki bozorni qariyb 6,5 ming tonna gaz kondensati bilan taʼminlanadi.

Loyihaning 400 million dollarlik qiymati qoʻshma korxona, shuningdek xitoylik CNPC kafolat asosidagi kreditlar hisobidan moliyalashtiriladi. 2006 yil iyunda CNODC va "Oʻzbekneftgaz" Ustyurt, Buxoro-Xiva, Fargʻona neftgaz hududlarida 5 ta investitsion bloklarda geologik-qidiruv ishlarini amalga oshirish boʻyicha bitim imzolangandi. Kelgusi 5 yil ichida qiymati 260,2 million dollarlik ishlar amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular