12:13 18 Dekabr 2017
Efir
Bankovskaya karta

Markaziy bank plastik kartalardan foydalanish boʻyicha cheklovlarni bekor qildi

JEAN-SEBASTIEN EVRARD / AFP
Iqtisod
Havola olish
200420

Jismoniy shaxslar tomonidan xorijda bankomatlarda konversion kartalardan naqd pul yechish boʻyicha kunlik va oylik cheklovlar, shuningdek kartalar yordamida toʻlovlar amalga oshirish boʻyicha cheklovlar bekor qilindi

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki konversion kartalaridan foydalanish boʻyicha cheklovlarni bekor qildi, deb xabar qildi ushbu bank matbuot xizmati.

Jismoniy shaxslar tomonidan xorijda bankomatlarda naqd pul yechish boʻyicha kunlik va oylik cheklovlar, shuningdek konversion kartalar yordamida toʻlovlar amalga oshirish boʻyicha cheklovlar bekor qilindi.

Endi konversion kartalardan dunyoning barcha mamlakatlaridagi har qanday doʻkonlar, mehmonxonalarda foydalanish mumkin.

Konversion kartalar bilan davolanish, taʼlim va boshqa operatsiyalarni bajarish uchun Oʻzbekistondagi bankdan toʻgʻridan-toʻgʻri hujjatlar (invoys) asosida amalga oshirish mumkin.

Konversion kartalar yordamida mehmonxonalar, aviachiptalar, onlayn-doʻkonlarda va boshqa tovarlar va xizmatlarni xarid qilish mumkin.

Karta orqali savdo qilinganda olinadigan komission toʻlov — oʻtkazmaning 0,5 foizdan 1 foizgacha kamaytirildi.

Bundan oldin, valyuta sotib olish uchun moʻljallangan konversion kartalar yordamida faqatgina xorijda toʻlovlarni amalga oshirish va cheklangan miqdorda naqd pul yechib olish mumkin edi.

Asosiy mavzular