12:14 18 Dekabr 2017
Efir
Geologicheskaya razvedka

Rossiya kompaniyasi Oʻzbekistonda mis zahiralarini izlaydi

© Sputnik/ Mark Redkin
Iqtisod
Havola olish
374 0 0

"Rosgeoperspektiva" kompaniyasi 2018 yilda Oʻzbekiston hududida aerogeofizikaviy uslub bilan ruda izlaydi.

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. "Rosgeoperspektiva" guruh kompaniyalari Oʻzbekiston Davlat Geologiya qoʻmitasi bilan mis konlarini izlash boʻyicha shartnoma imzoladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ushbu hujjat Uzgeoinvest-2017 xalqaro konferentsiyasi yakunida imzolandi. Uzgeoinvest konferentsiyasida dunyoning 20ta mamlakatidan 50 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.

“Bu shartnoma faqat bir yilga tuzilgan. Maydonlar oʻrganilib, u yerda kon qurib boʻlish boʻlmasligi aniqlanadi”, — dedi Rossiya kompaniyasi bosh direktori Vladimir Chechulin.

Chechulin baholashiga koʻra, 2018 yilda kompaniya dastlabki maʼlumotlar bilan tanishadi, aerogeofizik izlanishlar olib boradi. Navoiy viloyatidagi "Kazaxtau" i "Kazaxtau –I" mis-porfir konlarida sinov quduqlari qaziladi. Dastlabki bosqichda sarmoyalar miqdori 3 million dollardan iborat boʻladi.

“Biz rejalashtirayotgan, ustki qatlam ostida yashiringan ruda zahiralarini aniqlashning aerogeofizik uslubi, birinichi boʻlib Oʻzbekistonda qoʻllaniladi”, — dedi "Rosgeoperspektiva" bosh direktori.  

Chechulin aytishiga qaraganda, mis rudasining sanoat zahiralari topilgan taqdirda, kompaniya togʻ-kon yoki togʻ-qayta ishlash zavodi qurishga sarmoya  jalb qilish uchun texnik-iqtisodiy asoslanish ishlab chiqishni boshlaydi.

2012 yilning dekabr oyida Oʻzbekiston Geologiya Qoʻmitasi Rio Tinto nomli Avstraliya-britaniya kompaniyasiga Namangandagi “Gava” hududida mis topish uchun geolog-razvedka oʻtkazish litsenziyasini bergan edi.

2015 yilda kompaniya ishning dastlabki bosqichini yakunlab, loyihani toʻxtatib qoʻygan edi. Bunga sabab dunyo bozorida mis narxi tushib ketgani boʻlgan.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda yagona mis ishlab chiqaruvchi, bu – “Olmaliq” TMK boʻlib, u yiliga 100 ming tonna mis ishlab chiqaradi. Kompaniya asosan Kalmakыr va Sarы-Cheku mis-porfir konlaridan foydalanadi.

Avgust oyida kompaniya “Dalneye” nomli konni oʻzlashtirishga kirishdi. Uning umummiy qiymati 1,7 mlrd. dollar. Loyiha ochiq uslub bilan yiliga 23 million tonna ruda qazib olishni nazxarda tutadi. Loyiha 2017-2028 yillarda amalga oshiriladi.

 

Asosiy mavzular