12:15 18 Dekabr 2017
Efir
Prezident Afganistana Ashraf Gani i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya podpisaniya soglasheniya o sotrudnichestve

Ashraf Gʻani Oʻzbekistonda: xavfsizlik, eksport va sovgʻalar

© Instagram / Official Account of the Office of the President of Afghanistan
Iqtisod
Havola olish
Anton Kurilkin
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)
57340

Oʻzbekistonga Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani rasmiy tashrif bilan keldi. Ushbu tashrif natijalarini Sputnik muxbiri oʻrganib chiqdi

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik, Anton Kurilkin. Afgʻoniston prezidenti oʻzining shimoliy qoʻshnisi — Oʻzbekistonga rasmiy tashrifini amalga oshirdi. Uch kunlik tashrif dasturi doirasida Afgʻoniston rahbari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokara oʻtkazdi.

Respublikaning ishlab chiqarish sanoati bilan tanishib chiqdi. Shuningdek, Buxoroga borib, u yerda mahalliy talabalar bilan muloqot qildi.

Yarim milliardlik oʻzbek eksporti

Yarim fuqarolik urush natijasida tilka pora qilinayotgan Afgʻoniston — uning asosiy eksport mahsuloti opium va geroindir — bu aksariyat qoʻshni davlatlarining bosh ogʻrigʻi hisoblanadi.

Notinch qoʻshnichilikdan tashqari Oʻzbekiston uchun terrorchilik dolzarb muammo boʻlib qolmoqda. Afgʻonistondagi beqarorlik sharoit tufayli u yerda terrorchilar panoh topishgan, masalan Oʻzbekiston islom harakati.

Rasmiy Qobul ayni paytda mamlakatda tartib oʻrnatishga umid qoldirmayapti va bu borada oʻzining imkoniyatlarini yetarlicha baholamoqda. Afgʻoniston iqtisodiyotini va infratuzilmasini tiklash va aholi turmush darajasini oshirish maqsadida boshqa mamlakatlardan yordam soʻrashni davom etmoqda.

Toshkent harbiy harakatlarga aralashmayapti. Soʻnggi bir necha yillar davomida qoʻshni mamlakatda bir necha infratuzilma loyihalarini amalga oshirdi. Hayratondan Mozori-Sharifgacha temir yoʻli tarmogʻini qurib berdi. Elektr energiyasini yetkazib berishni tashkil qildi, oʻzbekistonlik muhandislari chegaradan Qobulgacha elektr uzatish liniyasini oʻrnatishdi.

Biroq, soʻnggi besh yil ichida mamlakatlar oʻrtasida tashqi savdo aylanmasi pasayib ketdi: agar 2014 yilda 600,9 million dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2015 yilga borib bu koʻrsatkich chorakka — 444,5 million dollargacha kamaydi.

Ushbu qiymatnning aksariyat qismi oʻzbek eksporti hisobiga toʻgʻri keladi — Afgʻoniston rasmiy ravishda deyarli hech narsa sotmaydi.

Masalan, mamlakatning savdo balansi shunday boʻlgan: 600,1 million dollar — oʻzbek mahsulotlari, 800 ming dollar — afgʻon mahsulotlari.

"Soʻnggi yillardagi Afgʻoniston savdo-sotiqning 25 foizga kamayishi mamlakatlar oʻrtasida aloqalar sovushi natijasida emas, balki mamlakat ichki muammolariga bogʻliq boʻlgan", — deya taʼkidladi Sputnik Oʻzbekiston tahririyatiga Yevroosiyo tahliliy klub rahbari Nikita Mendkovich.

"2013-2014 yillardagi savdo bilan bogʻliq qiyinchiliklar tashqi iqtisodiy sabablarga bogʻliq edi: gap xorijiy harbiy qoʻshinlarini kiritilishi haqida boʻlib, Afgʻonistondagi prezidentlik saylovi natijalari boʻyicha ziddiyatlar rivojlanayotgan maʼlum siyosiy inqirozga bogʻliq boʻldi va undan soʻng Afgʻonistonda vaziyat yomonlasha boshladi", — dedi ekspert.

Kelgusida Toshkent va Qobul tashqi savdo aylanmasini 1,5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan — bu haqda 2016 yil yanvarda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov tashrifi davomida bitim imzolangandi. Oʻsha vaqtda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Afgʻoniston yetakchisiga Toshkentga kelish taklifnomasini taqdim etgandi.

Prezidentlar nima haqida gaplashishdi

Ashraf Gʻani Oʻzbekistonga 4 dekabr dushanba kuni kech payt keldi. Shuning uchun rasmiy tadbirlar kelgusi kunda boshlandi. 5 dekabr kunning birinchi yarmida Gʻani Mustaqillik va ezgulik monument poyiga gul qoʻydi va prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokara oʻtkazish uchun bordi.

Ikki tomonlama muzokaralar yakunida umumiy hisobda 20 ta hujjat imzolandi. Hujjatlar koʻlami — xavfsizlik boʻyicha qoʻshma komissiyasini tuzishdan boshlab elektr tarmoq liniyalar va temir yoʻl qurilishigacha. Shuningdek oʻzbek-afgʻon qoʻshma korxonasini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi. Biroq loyihaning amalga oshirish tafsilotlari, harajatlari va muddatlari aniqlanmagan.

Bundan tashqari, yarim milliard dollarlik 40 ta savdo shartnomalar imzolandi. Barcha shartnomalar oʻzbek eksportiga taalluqlidir: Toshkent Qobulga elektr energiyasi, qishloq xoʻjalik mahsulotlari, dori-darmon, qurilish materiallari va transport vositalarini sotadi.

"Janubiy qoʻshnining mamlakat ichidagi vaziyatda bu bitimlarni imzolanishi — afgʻon diplomatiyasining muvaffaqiyatidir", — dedi Nikita Mendkovich.

Toshkent shu oʻrinda oʻz mahsulotlari uchun yangi bozorlarni ochilishiga manfaatdordir. Infratuzilma loyihalarini amalga oshirish esa birinchi navbatda iqtisodiy manfaat hisoblanadi.

Made in Uzbekistan mahsulotlari afgʻon tomonining qiziqishini uygʻotmoqda. Tashrif dasturida Toshkentdagi qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodiga tashrif tasodifiy emas edi. U yerda Abdulla Oripov barcha mahsulotni koʻrsatib berdi.

Gʻani nafaqat oʻzbek sanoati ishlab chiqarish mahsulotlarini nafaqat koʻrishga muvaffaq boʻldi, balki unga ayrimlarini sovgʻa sifatida taqdim etildi — samimiy doʻstlik nishoni sifatida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 25 ta "Isuzu" avtobuslari va 3 ta "New Holland" traktorini janubiy qoʻshniga sovgʻa sifatida taqdim etildi.

Tashrifning uchinchi kuni, 6 dekabr kuni Ashraf Gʻani Buxoroga joʻnab ketdi. Oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston hukumati rahbari va Buxoro viloyati hokimi Oʻktam Barnoyev kutib oldi.

Afgʻoniston prezidenti Buxoro davlat universitetida professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan uchrashdi va ular oldida maʼruza qildi.

Kunning ikkinchi yarmida prezident Muhammad Ashraf Gʻani boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Buxoroning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi.

Mavzu:
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)

Asosiy mavzular