12:15 18 Dekabr 2017
Efir
Uzbekiston xavo yullari vыpolnila pervыy gruzovoy reys v aeroport Guanchjou

Shavkat Mirziyoyev Navoiy yuk tashish aeroportini tanqid qildi

© Press slujba NAK "Uzbekiston xavo yullari"
Iqtisod
Havola olish
356 0 0

Aeroport faoliyatini optimallashtirish, uning ehtiyojlarini 100%ga qondirish maqsadida yangi prezident qarori ishlab chiqiladi.

TOSHKENT, 7 dek – Sputnik.  Shavkat Mirziyoyev Navoiy xalqaro intermodal logistika markazi faoliyatini keskin tanqid qildi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston telekanali.

Eslatib oʻtamiz, Navoiy xalqaro yuk tashish aeroporti 2008 yilda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni chet ellarga yetkizib berish, Osiyo va Yevropa mamlakatlari orasida Oʻzbekiston orqali tez va qulay yuk tashish hamda kelajakda Frankfurt yoki Singapur kabi ommaviy transport xabiga aylanish maqsadida qurilgan edi.

Yillik yuk oʻtkazish quvvati 100 ming tonna boʻlgan aeroport Korean Eyr aviakompaniyasi boshqaruviga berilgan edi. Lekin oʻtgan 8 yil davomida tashib oʻtilgan yuklar umumiy hajmi bor-yoʻgʻi 300 ming tonnani tashkil qildi. Ushbu koʻrsatkich yildan yilga kamayib bormoqda.

Aytish joizki bunday muvaffaqiyatsizlikning bir necha sabablari bor. Ulardan asosiysi – aeroport qurilishi va boshqarishida yoʻl qoʻyilgan jiddiy strategik xatolar boʻlgan.  

Undan tashqari, aeroport majmuasi haligacha  qurib bitkazilmagan. Xususan, yonilgʻi va moy saqlash omborxonalari ishga tushmagan, aviatsiya kerosini yetkazib berishda doimiy uzulishlar boʻlib turibdi.

Ikkinchidan, aeroportlagi bojxona xizmati yaxshi yoʻlga qoʻyilmagani tufayli yuklarni koʻzdan kechirish juda uzoq davom etmoqdi. Uchinchidan, aeroportdagi xizmat koʻrsatish narxlari  ham ancha baland.

Toʻplanib qolgan ushbu muammolar natijasida, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ushbu aeroport orqali yuk yetkazib berishga boʻlgan qiziqishi soʻngan.  Ular ancha uzoq boʻlsada, oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlarni Toshkent aeroporti orqali yubormoqda.

Dengiz yoki okeanga chiqish yoʻli boʻlmagan Oʻzbekiston uchun bunday transport majmuasining benuqson ishlab turishi juda muhim. Shuning uchun, yaqin orada ushbu aeroport faoliyatini optimallashtirish maqsadida prezident qarori ishlab chiqiladi. Unda aeroport ehtiyojlari 100 % ga qondirilishi hamda dunyoning yetakchi transport xablari tajribasini oʻrganib, ularni Navoiy logistika markaziga tadbiq qilish belgilanadi.

Asosiy mavzular