12:13 18 Dekabr 2017
Efir
Rabotы na jeleznoy doroge

2018 yilda Oʻzbekiston-Qirgʻiziston-Xitoy temir yoʻl qurish toʻgʻrisida bitim imzolanadi

Sputnik / Vitaliy Ankov
Iqtisod
Havola olish
23320

Bundan avval Mirziyoyev, Ostonada boʻlgan SHHT sammitida soʻzlagan nutqida, "Oʻzbekiston-Qirgʻiziston-Xitoy" temir yoʻl qurilishi boshlanishi mamlakatlar uchun jahon bozorlariga chiqish borasida eng qisqa yoʻl boʻlishi mumkinligini aytgandi

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Oʻzbekiston-Qirgʻiziston-Xitoy temir yoʻli qurilishi toʻgʻrisida hukumatlararo bitim 2018 yilning yozida imzolanadi. Bu haqda prezident qarorida bayon etilgan.

Xitoyni Markaziy Osiyo respublikalari bilan bogʻlaydigan temir yoʻl liniyasini qurish loyihasi deyarli 20 yil davomida muhokama qilinmoqda.

Marshrutning bir nechta variantlari koʻrib chiqilgan, shu jumladan, Xitoydan Qirgʻiziston orqali Oʻzbekistonga keyinchalik Turkmaniston va Eronga va turk dengiz portlariga chirish imkoniyati koʻrib chiqilgandi.

Oʻzbekiston transport infratuzilmasini takomillashtirish va 2018-2022 yillarda yuk tashishning tashqi savdo yoʻllarini diversifikatsiya qilish boʻyicha kompleks dasturi tasdiqlangan.

Mazkur dasturga "Oʻzbekiston-Qirgʻiziston-Xitoy" temir yoʻlini qurish boʻyicha hukumatlararo bitimni tayyorlash va qabul qilish tadbiri kiritilgan. Jumladan, 2018 yil birinchi chorakda Toshkentda uch tomonlama ishchi guruh yigʻilishini oʻtkazish, shuningdek birinchi yarim yil yakuniga qadar hukumatlararo bitim tayyorlash va qabul qilish rejalashtirilgan.

Shu yil sentyabr oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkekga amalga oshirgan tashrif chogʻida prezident boʻlgan Almazbek Atambayev bilan oʻtkazilgan uchrashuvda temir yoʻl qurilishini tezlashtirish masalasini muhokama qilishgan.

Asosiy mavzular