O‘zbekiston Ukrainaga bolalar kiyim-kechagi yetkazishni boshladi

© SputnikFestival detskoy modi "Bolajonlar — Shirintoylar" vo Dvorse Tvorchestva Molodeji
Festival detskoy modi Bolajonlar — Shirintoylar vo Dvorse Tvorchestva Molodeji - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan ikki davlat ishbilarmonlari uchrashuvidan so‘ng mana shunday kelishuvga erishilgan

TOShKENT, 14 dek – Sputnik. O‘zbekistondagi Ideal korxonasi Ukrainada 45 ta gipermarketga ega bo‘lgan "Episentr" savdo markaziga bolalar kurtkalari va kombinezonlarini yetkazib berishni boshladi. Bu haqda "Jahon" AA xabar berdi.

Predpriyatie  Ferganaazot - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina kompaniyasi O‘zbekistonda zavod quradi

Xabarga ko‘ra, O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan ikki davlat ishbilarmonlari uchrashuvidan so‘ng mana shunday kelishuvga erishilgan.

Savdo markazi mintaqaviy direktori B. Artari-Kolumbning aytishicha, korxona tomonidan tayyorlangan bolalar kiyimlari juda tezlik bilan sotilib ketmoqda.

"O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan tekstil mahsulotlari sifatli hamda allergik reaksiya qo‘zg‘amaydi. Shuning uchun o‘zbekistonlik sheriklar bilan mahsulot turi va yetkazib berish hajmini kengaytirish masalalarini muhokama qilyapmiz. Ishonchim komilki, sifati va qulay narxlari tufayli O‘zbekiston tekstil mahsulotlari Ukraina bozorida mustahkam o‘rin egallaydi", — dedi u.

Yangiliklar lentasi
0