O‘zbekiston yil davomida chet ellik hamkorlar bilan 60 mlrd $lik shartnoma imzoladi

© Sputnik / Aleksey DrujininVo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov
Vo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil davomida 380 dan ortiq hujjat imzolandi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda 60 milliard AQSh dollari miqorida 200 dan ortiq shartnoma va bitimlar tuzildi

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston yil davomida chet ellik hamkorlar bilan 60 milliard dollarlik bitimlar imzoladi, deb bayonot qilindi O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining 13 yalpi majlisida.

Flag SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh O‘zbekistonga Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishga yordam beradi
Senatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining milliy qonun hujjatlari talablarini hamda 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasidan kelib chiqadigan vazifalarni bajarish borasidagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Axborotda qayd etilishicha, yil davomida 20 dan ziyod oliy darajadagi tashrif almashildi. 60 dan ortiq davlat va xalqaro tuzilma rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. 380 dan ortiq hujjat imzolandi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda 60 milliard AQSh dollari miqorida 200 dan ortiq shartnoma va bitimlar tuzildi.

Shuningdek, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan umumiy tovar aylanmasi joriy yilning 10 oyi mobaynida 16,6 %ga oshdi va 22 milliard AQSh dollaridan ortiqni tashkil etdi. Jumladan, Rossiya bilan 18 %ga, Xitoy bilan 15 %ga, Qozog‘iston bilan 12 %ga, Turkiya bilan 31 %ga, Koreya Respublikasi bilan 36 %ga o‘sdi.

Mirziyoyev tashabbusi bilan qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqdi. Jumladan, mintaqa mamlakatlari rahbarlari bilan 20 dan ziyod uchrashuvlar, oliy darajada 10 ta davlat, rasmiy va amaliy tashriflar o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0