04:58 19 Yanvar 2018
Efir
Spetsialnaya industrialnaya zona «Djizak». Uzbekistan

Oʻzbekistondagi erkin iqtisodiy zonalarda 4 mingdan ziyod yangi ish oʻrin yaratildi

© Uztelecom
Iqtisod
Havola olish
13110

2017 yilda "Navoiy", "Angren", "Jizzax" va "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) hududida umumiy qiymati 464 million dollarga teng 65 ta loyiha amalga oshirildi

TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Oʻzbekistondagi EIZlarda 4 200 dan ortiq ish oʻrin yaratildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekistondagi EIZ hududida xorijiy kompaniyalar sarmoyalari hisobidan 29 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

"Navoiy" EIZda 24,3 million dollarlik 4 ta loyiha, "Angren" EIZda 136,5 million dollarlik 8 ta loyiha amalga oshirilmoqda. "Urgut" EIZda eng koʻp 10 ta loyiha boʻyicha ish olib borilmoqda.

2017 yilda «Navoiy», «Angren», «Jizzax» va «Hazorasp»EIZda umumiy qiymati 464 million dollarga teng 65 ta loyiha amalga oshirilgan, 4 ming 200 dan ziyod yangi ish oʻrni yaratilgan. Mablagʻning 253 million dollari toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya hisoblanadi.

Asosiy mavzular