Markaziy bank: 2018-yilda inflyatsiya darajasi 11,5-13,5 foizni tashkil etadi

© uz.24Sentralniy bank Uzbekistana
Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bank 2018-yilga mo‘ljallangan monetar siyosatining asosiy yo‘nalishlariga doir hisobotini e’lon qildi

TOShKENT, 3 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 2018-yilga mo‘ljallangan monetar siyosatining asosiy yo‘nalishlariga doir hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2018-yilda inflyatsiya yuqori darajada bo‘ladi va yillik 11,5-13,5 foizni tashkil etadi.

Rabota investitsionnoy kompanii  v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moliya vaziri: kelasi yil inflyatsiya darajasi yuqori bo‘ladi

"2018 yildagi iqtisodiy o‘sishning nazarda tutilgan sur’atlari doirasida inflyatsiya prognozi va pulga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda, kelasi yilda pul massasining 12-15 foizga ko‘payishi kutilmoqda. Shu bilan birga, iqtisodiyotni kreditlash qoldig‘i hajmi ham mos ravishda o‘sishi kutilmoqda", deyiladi bank hisobotida.

Markaziy bank shuningdek, valyuta siyosatini amalga oshirishda valyuta kursini valyuta birjasida Markaziy bankning minimal ishtiroki orqali bozor mexanizmlari asosida shakllantirishga asosiy e’tibor qaratilishini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0