03:44 21 Yanvar 2018
Efir
Dobыcha uglya na Apsatskom ugolnom mestorojdenii v Zabaykalskom kraye

Oʻzbekiston 2 yil ichida koʻmir qazib olish boʻyicha yetakchi mamlakatlar qatoriga qoʻshiladi

© Sputnik/ Yevgeniy Yepanchintsev
Iqtisod
Havola olish
52312

Oʻtgan yilning iyul oyida Shavkat Mirziyoyev respublika koʻmir sanoatini "Oʻzbekiston Temir yoʻllari" AJ ixtiyoriga topshirish haqida qaror qabul qilgan edi.

TOSHKENT, 5 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston 2020 yildan boshlab koʻmir qazib olish hajmini keskin oshirishni niyat qilgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ushbu loyiha doirasida Surxondaryo viloyatidagi Shargun koʻmir konida yillik koʻmir qazib olish hajmi bugungi 150 ming tonnadan 900 ming tonnaga yetkazilishi rejalashtirilmoqda.

"Oʻzbekiston Temir yoʻllari" matbuot xizmati xabariga koʻra, Xitoyning China Railway Tunnel Group kompaniyasi ushbu loyihani amalga oshirishga kirishdi. Xitoylik mutaxassislar umumiy uzunligi 1,5 ming kilometr boʻlgan eski koʻmir shaxtalarini qayta tiklash hamda 2,2 km yangi tunnellar qazish hisobidan qoʻshimcha miqdorda xom-ashyo qazib olishni rejalashtirishgan.

Loyihaning umumiy qiymati 105,5 million dollarni tashkil qiladi. Tayyorlov ishlari  2020 yilning birinchi choragida yakunlash rejalashtirilgan. Shagunkoʻmir mahsulotini tashish uchun 20 kilometrli temiryoʻl quriladi va mavjud yoʻllar taʼmirlanadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, Shargun konida koʻmir zahiralari 33 million tonnadan ortiq. Bu respublikadagi eng boy kon hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoning yetakchi koʻmir qazib oluvchi mamlakatlari Xitoy, AQSH, Hindiston, Germaniya, Rossiya va Ukraina hisoblanadi. Oʻzbekiston ham yaqin yillarda ushbu roʻyxatdan joy olishni rejalashtirgan.

Asosiy mavzular