03:43 21 Yanvar 2018
Efir
GM Uzbekistan press-tur

GM Uzbekistan avtomobillari uchun aktsiz soligʻi 5 baravar kamaytirildi

© GM Uzbekistan
Iqtisod
Havola olish
134912

Ushbu chora natijasida avtomobillar narxi tushish tushishi yoki tushmasligi - bu kompaniyaning bugungi kundagi rentabellik darajasiga bogʻliq.

TOSHKENT, 5 yanv – Sputnik.GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar uchun aktsiz soligʻi 27 %dan 5 %gacha kamaytirildi, deyilgan Shavkat Mirziyoyevning 29 dekabr kuni eʼlon qilingan 3454-sonli qarorida.

Ushbu chora natijasida avtomobillar narxi tushish tushishi yoki tushmasligi — bu kompaniyaning  bugungi kundagi rentabellik darajasiga bogʻliq. Birinchi navbatda, ushbu chora avtomobil narxlarini bugungi kun darajasida saqlab qolishga qaratilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston hukumati 5 sentyabrda xorijiy valyutalar davlat kursini bozor kursi darajasiga qadar oshganidan keyin, aholiga sotilayotgan yonilgʻi narxining keskin oshib ketmasligi uchun benzin,  dizel va aviatsiya yonilgʻisi ustiga qoʻyiladigan aktsiz soliqlarini ham bekor qilgan edi.

Asosiy mavzular