03:46 21 Yanvar 2018
Efir
Gruzovыe vagonы

Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Xitoy birgalikda Yevropagacha eng qisqa temiryoʻl quradi

© Flickr/ Philip Clifford
Iqtisod
Havola olish
53620

Yangi temiryoʻl yuklarni Xitoydan Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga yetkazib beruvchi eng qisqa yoʻl boʻladi: masofa 900 kilometrga, muddat esa – 7-8 sutkaga qisqaradi.

TOSHKENT, 9 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Xitoy birgalikdaqurayotgan temiryoʻl yuklarni Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga yetkazib beradigan eng qisqa yoʻnalish, boʻladi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz nashri.

“Toshkentda boʻlib oʻtgan uch tomonlama uchrashuvda, delegatsiyalar rahbarlari ushbu loyihani imkon qadar tezroq amalga oshirishga qaratilgan jiddiy va amaliy qarorlar qabul qilishdi.  Apredla boʻlib oʻtadigan keyingi majlisga qadar ular yoʻllarning yakuniy yoʻnalishlarini belgilab olishlari kerak”, — dedi Qirgʻiziston elchisi Daniyar Sыdыkov.

Elchi aytishiga koʻra, oʻtgan yilning avgust oyida loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilgan, dekabr oyida esa – moliyalashtirish masalalari hal qilingan.

Yangi loyiha amalga oshirilgan taqdirda, u Xitoydan Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlarigacha boʻlgan eng qisqa yoʻlga aylanadi. Yuklarni yetkazib berish masofasi 900 kilometrga, muddati esa – 7-8 sutkaga kamayadi.

Asosiy mavzular