04:44 18 Yanvar 2018
Efir
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan

GM Uzbekistan: aktsiz kamayishi avtomobillar narxi tushishiga olib kelmaydi

© Novosti Uzbekistana
Iqtisod
Havola olish
19202

Oʻtgan yil oxirida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun aktsiz soligʻi 5 baravar kamaytirilgan edi. Ushbu chora ishlab chiqaruvchi xarajatlarini kamaytirishga qaratilgani maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun aktsiz soligʻi kamaytirilishi munosabati bilan avtomobillar narxi tushishi rejalashtirilmagan, deb xabar qildi GM Uzbekistan.

Oʻtgan yilning oxirida qabul qilingan prezident qaroriga binoan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtombillar uchun aktsiz soligʻi 27%dan 5 %gacha kamaytirilgan edi. Bu, oʻz navbatida, aholi orasida avtomobillar narxi tushishi haqidagi mish-mishlar tarqalishiga sabab boʻldi.

GM Uzbekistan bergan izohiga koʻra, aktsiz soligʻi miqdorini kamaytirish, xorijiy valyuta narxlari koʻtarilishi munosabati bilan oshgan, ishlab chiqaruvchi xarajatlarini qoplash maqsadida amalga oshirilgan. 

«GM Uzbekistan» avtomobillarining aktsiz soliqlarining pasaytirilgan stavkasi 2017 yilning 5 sentyabridan amalda qoʻllanib kelinmoqda. Oʻz-oʻzidan kelib chiqadiki, aktsiz soliq stavkasining oʻzgarishi bilan narxlar tushirilishi koʻzda tutilmayapti”, — deyilgan kompaniya rasmiy xabarida.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxining keskin oshishiga yoʻl qoʻymaslik uchun Vazirlar Mahkamasining 2017 yilning 5 sentyabrida imzolangan 701-sonli  qaroriga binoan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar narxi 2017 yilning AQSH dollarining 31 avgustidagi kursi 4210,35 soʻm miqdorida va aktsiz soligʻi 5% miqdorida – qatʼiy belgilab qoʻyilgan edi.  

Asosiy mavzular