03:45 21 Yanvar 2018
Efir
Flagi Kыrgыzstana i Uzbekistana

Oʻzbekiston Qirgʻizistonning uch shahrida 9ta korxona tashkil etadi

© Pravitelstvo Kыrgыzskoy respubliki
Iqtisod
Havola olish
38811

Mazkur korxonalarning bir qismi allaqachon tashkil etilgan boʻlsa, baʼzilari 2018 yil oxirigacha qurib bitkaziladi

TOSHKENT, 11 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston Qirgʻizistonda 9ta korxona ochadi. Bu haqda Qirgʻiziston Investitsiyalarni rivojlantirish va himoyalash agentligi direktori Shumkarbek Odilbek oʻgʻliga tayanib nuz.uz xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, yettita kompaniya Qirgʻiziston-Oʻzbekiston qoʻshma korxonasi maqomiga ega boʻladi. Artel Engineering (Oʻzbekiston) va "L.T.B" (Qirgʻiziston) Artel rusumidagi kir yuvish mashinalarini yigʻadi, Perfect Plast Profil (Oʻzbekiston) va "Imzo Ltd." esa (Qirgʻiziston) plastik va alyuminiy profillar ishlab chiqaradi.

Bundan tashqari, "Oʻzavtosanoat" "AvtoOndooZavod" bilan hamkorlikda Qirgʻizistonda qishloq xoʻjalik texnikasi va avtopritseplarni yigʻish boʻyicha ikkita korxona ochadi. Shuningdek, Oʻzbekiston kompaniyasi Qirgʻizistonning "DT Texnik" va "Avtotsentr Estakada" kompaniyalari bilan avtobuslar yigʻish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha zavodlarni ochadi. "Avtotsentr Estakada" va "Ravon Motors Tyan-Shan" kompaniyalari avtomobillarni yigʻish boʻyicha zavod va dilerlik markazi ochish boʻyicha kelishib oldi.

Shuningdek, Artel Engineering Qirgʻizistonda oʻz filialini ochadi hamda MediaPark koʻngilochar markazini quradi.

Qayd etilishicha, ushbu kelishuvlarning barchasi boʻyicha memorandumlar imzolangan. Mazkur korxonalarning bir qismi allaqachon tashkil etilgan boʻlsa, baʼzilari 2018 yil oxirigacha qurib bitkaziladi. Yangi korxonalar Bishkek, Oʻsh va Qora-Bolta shaharlarida ochiladi.

Asosiy mavzular