06:40 19 Yanvar 2018
Efir
Zamestitel premyer-ministra Uzbekistana Suxrob Xolmuradov

Oʻzbekistonda monopoliyaga qachon barham beriladi - Bosh vazir oʻrinbosari javobi

© Sputnik/ /Ramiz Baxtiyarov
Iqtisod
Havola olish
72710

Bosh vazir oʻrinbosari Suxrob Xolmurodovga koʻra, Oʻzbekiston iqtisodiyoti tarmoqlari oʻzining aniq taraqqiyot rejalariga ega boʻlsagina, monopoliya yoʻqotilishiga erishiladi

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Davlatning monopoliyani saqlab turish niyati yoʻq, lekin hozirgi kunga qadar tarmoqlarning taraqqiyot boʻyicha aniq rejalari yoʻq edi, deb taʼkidladi juma kuni jurnalistlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvda Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari Suxrob Xolmurodov.

"2018 yildagi vazifa — har bir tarmoq u nimani xohlashini bilishida", deb alohida qayd etdi Xolmurodov.

"Biz hammamiz investitsiyalar ahamiyatini yaxshi tushunamizYU bilamiz, ha, hozirda haqiqatda koʻplab loyihalar davlat obʼyektlarini qisman yoki toʻliq xususiylashtirilishiga qaratilgan. Lekin dastlabki bosqichda, qayta qurish davrida davlat aniq bir tarmoqlarni oʻzida qoldirishi kerak, bu mening fikrim, davlat maʼlum bir tarmoqlarga egalikni saqlab qolishi darkor, busiz boʻlmaydi, koʻplab mamlakatlar tajribasi xuddi shunday. Vaqt keladi, maʼlum bir tarmoqni xususiylashtirish kerak boʻladi, lekin bu biz shunga tayyor boʻlganimizda amalga oshiriladigan ish. Meni fikrimcha, biz hozir bunga tayyor emasmiz. Biz yoʻlning boshidamiz", — deya oʻz fikrlarini bayon etdi Xolmurodov.

Suxrob Xolmuradov chet el sarmoyadorlarining biznes-aktivlari dahlsizligi haqidagi savolga ham izoh berib oʻtdi.

"Oʻzbekistonning kelajagini chet el investitsiyalarisiz tasavvur qilish qiyin, va biz buni hozir yaxshi anglaymiz. Agar biz chet ellik sarmoyadorlar ishonch bildiradigan investitsiya muhitni yuzaga keltirmas ekanmiz, bularning barchasi befoyda.

Orqaga yoʻl yoʻq. Oʻzbekistonning investitsiyaviy muhiti faqat takomillashtiriladi va tegishli qonunchilikning barchasi shu tarzda qabul qilinadiki, Oʻzbekistonda investordan hech kim hayotda hech narsani tortib olmaydi, bu endi mumkin emas", — deb bayonot qildi Bosh vazir oʻrinbosari.

Asosiy mavzular