06:42 19 Yanvar 2018
Efir
Rabota gorno-metallurgicheskogo kompleksa

Oʻzbekiston UGMK bilan hamkorlikda yangi togʻ-kon majmuasi qurishni boshlaydi

© Sputnik/ Vladimir Pirogov
Iqtisod
Havola olish
84230

Rossiyaning Ural togʻ-kon metallurgiya kombinati bilan birgalikda, yiliga 1 million tonnadan ortiq poʻlat mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan, yangi majmua quriladi.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda yangi togʻ-kon majmuasi qurilishi loyhasini tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Umumiy qiymati 1,5 mlrd dollarga yaqin boʻlgan loyiha Qoraqalpogʻiston Respulikasi Qorauzak tumanida joylashgan Tebinbulak koni asosida quriladi. 2024 yilga qadar qurib bitkazilishi rejalashtirilayotgan yangi majmuaning umumiy ishlab chiqarish quvvati yiliga 1 mln tonnadan ortiq poʻlat mahsulot boʻladi.

Oʻzbekiston tomonidan loyiha qurilishiga javobgar etib “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tayinlandi. Prezident topshirigʻika koʻra AJ 2018 yilning 1 apreliga qadar majmua qurilishi boʻyicha boshqarma tashkil qilishi va moliya manbaalari haqida hisobot tayorlashi, shuningdek loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishi kerak.

Qurilish jarayonida paydo boʻladigan masalalarni tezkor yechish maqsadida, prezident, Achilbay Ramatov boshchiligida ishchi komissiya tashkil qilishni topshirdi.

Shuningdek, “Oʻzbekenergo”ga yangi qurilayotgan obʼyektni, oʻz mablagʻlari hisobidan 2019 yilning 1 yanvariga qadar tashqi energiya tizimiga ulash topshirildi. Shuningdek kompaniya 2019-2024 yilllar davomida togʻ-kon majmuasini uzuluksiz energiya manbai bilan taʼminlashi tizimini yaratishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, yangi majmua Rossiyaning UGMK (Ural togʻ-kon majmuasi) bilan hamkorlikda qurilmoqda. UGMKning bosh asoschilaridan biri, kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan tadbirkor Iskandar Mahmudovdir. Yangi majmua qurilishi haqidagi memorandum, Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil aprel oyida Rossiyaga boʻlgan tashrifi davomida imzolangan edi.

Yangi loyihaning umumiy qiymati 1,5 mlrd dollarga baholanmoqda. Ushbu mablagʻning bir qismi xitoy banklari krediti hisobidan qoplanishi mumkin.

Tebinbulak konida ruda zahiralari 450 mln tonnani, umumiy zahiralar miqdori 3 mlrd tonnani tashkil qiladi. Yillik qayta ishlanadigan ruda miqdori 22 mln tonna miqdorida belgilanmoqda. Majmuada yiliga 65 % temirga ega boʻlgan temir-ruda kontsentrati va 1,5 mln tonna chugun mahsuloti ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Majmuada ishlab chiqariladigan mahsulot Afgʻoniston va Markaziy Osiyoning qoʻshni  mamlakatlariga eksport qilinishi rejalashtirilmoqda.

Asosiy mavzular