Internetda yashin tezligida ommalashayotgan video

Obuna bo‘lish
Dayver va akula o‘rtasidagi jang, shuningdek, odamning yirtqich hamlasidan qanday qilib qutilgani tasodifan videoga tushirildi

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Dengiz yirtqichi — akulaning insonga qilgan hamlasi tasvirlangan video YouTube videoxostingida tobora ommalashmoqda. Ushbu rolik Liquid Vision nikli foydalanuvchi tomonidan yuklangan, deb xabar qilmoqda Sputnik Moldova.

"Avstraliyadagi Shimoliy Kvislend qirg‘og‘iga yaqin joyda dayverga hujum uyushtirilgan. G‘avvos libosidagi erkak suvosti ovi bilan shug‘ullanayotgan edi. Shu payt, kutilmaganda unga akula hamla qildi. Dayver himoyalana boshladi va qisqa fursatda uzun nayzani akulaning uni yutishga tayyor og‘ziga sanchdi. Natijada, dayverning ushbu harakati uning hayotini saqlab qoldi", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0