12:04 22 Avgust 2017
Efir
Moskva metropoliteni, arxiv surat

OAV: qirgʻizistonlik Oʻzbekiston fuqarosini poyezd tagiga itarib yubordi

© Sputnik/ Natalya Seliverstova
Hodisalar
Havola olish
118213

Kuni kecha Peterburg metrosida Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi. OAVlarda maʼlum qilinishicha, oʻzbekistonlik baxtsiz hodisa oqibatida halok boʻlmagan. Uni poyezd tagiga Qirgʻiziston fuqarosi itarib yuborgan

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston fuqarosi oʻlimida Qirgʻiziston fuqarosi gumonlanmoqda, ammo hozirga qadar bu xabar huquqni muhofaza qilish organi xodimlari tomonidan tasdiqlangani yoʻq, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston nashri.

"Sankt-Peterburgda bir erkak oʻz tanishini yaqinlashib kelayotgan poyezd tagiga itarib yubordi", — deb xabar qilingan Rossiya Tergov Qoʻmitasi rasmiy saytida.

Ushbu hodisa 10 yanvar kuni ertalab Moskva metropolitenining "Aleksandr Nevskiy maydoni" stantsiyasi platformasida yuz bergan. 22 yashar yigitlar oʻrtasida mojaro yuz bergan, janjal davomida ularning biri ikkinchisisni yaqinlashib kelayotgan poyezd tagiga itarib yuborgan. Relsga qulab tushgan oʻzbekistonlik voqea joyida halok boʻlgan. Gumonlanuvchi esa qoʻlga olingan.

Oʻzbekistonlik yigitni poyezd tagiga itarib yuborgan — qirgʻizistonlik boʻlib chiqdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston. Qirgʻizistonning Rossiyadagi elchixonasi matbuot-xizmati hozirda ushbu hodisa haqidagi maʼlumotlar diplomatik vakolatxona xodimlari tomonidan aniqlashtirilayotgani haqida xabar qilgan.

Ushbu hodisa yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 105 — "Qotillik" moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Teglar:
baxtsiz hodisa, metro

Asosiy mavzular

  • Chevrolet Spark, arxiv surat

    "Ipoteka-bank" matbuot xizmati maʼlum qilishicha arzon uy-joylar uchun pul toʻlayotgan mijozlarga "Imkoniyat" nomli yutuqli omonat ham taklif qilingan edi. Yutuqli lotereyada 5 ming 535 nafar, xususan, Toshkent shahridan 2 ming 382 omonatchi ishtirok etdi

    2031
  • Paxta zavodi

    Qishloq xoʻjaligi vaziriga gʻoʻza yaproqlarini kimyoviy moddalar yordamida sifatli toʻkish ishlari oʻtkazilishi yuzasidan qatʼiy va doimiy nazorat olib borish, belgilangan muddatlar va meʼyorlarga rioya etishni taʼminlamayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralarini koʻrish huquqi berildi

    335
  • Sibirdagi daraxtni qayta ishlovchi korxona

    Mazkur hujjat bilan www.regulation.gov.uz manzilida toʻliq tanishish hamda joriy yilning 31 avgustiga qadar oʻz fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin

    260