Moskvada 8-mart kuni portlash uyushtirmoqchi bo‘lgan Tojikiston fuqarosi qo‘lga olindi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishRossiya Federal Xavfsizlik xizmati
Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaga Turkiyadan kirib kelgan Tojikiston fuqarosi bayram kunlari o‘zini portlatishni rejalashtirgan. Kirdikorlari fosh bo‘lgach esa, telefonini sindirib, bo‘ynini qaychi bilan kesishga harakat qilgan

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Tojikiston fuqarosi Moskvada 8-mart bayrami kuni teraktni amalga oshirishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston "Izvestiya" nashriga tayangan holda.

Xabarga ko‘ra, Rossiya maxsus xizmat xodimlari mart oyi boshida Moskvadagi aeroportlardan birida o‘tkazgan tekshiruv tadbiri vaqtida mamlakatga Istanbuldan kirib kelgan 23 yashar tojikistonlik Izatillo M.ni qo‘lga olgan.

Islom davlati terrorchilik uyushmasi jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
OAV: "ID"dan hafsalasi pir bo‘lgan terrorchilar janglarda qatnashishdan voz kechmoqda
"Izvestiya" nashri xabariga ko‘ra, erkak savol-javob vaqtida o‘zini Tojikistonga deportatsiya qilishlari va u yerda uni umrbod qamoq jazosi kutayotganini bilgach, o‘ziga tegishli uyali telefonni urib sindirishga harakat qilgan, so‘ngra qaychini olib bo‘ynini kesishga harakat qilgan.

Maxsus xizmat xodimlari uning qo‘llarini qayirishga ulgurib qolishgan va u zudlik bilan kasalxonaga olib borilgan.

Sal keyinroq Izatillo Suriyada jang qilgani ayon bo‘lgan.

Ayni vaqtda huquq-tartibot organlari terrorchining sheriklarini aniqlashga va "mudrayotgan guruh" harakatlarini aniqlash maqsadida maxsus operatsiyalarni o‘tkazishayotgani xabar qilinmoqda.

Nashrda xabar qilinishicha, portlovchi qurilmani Izatilloga Moskvaning o‘zidayoq yetkazib berishlari lozim bo‘lgan.

Rossiya maxsus xizmat xodimlari qo‘lga olingan shaxsni o‘zlarining tojikistonlik hamkasblariga topshirishgan.

Yangiliklar lentasi
0