Moskvada opa-singillar Ferrari sotib olish vaqti qo‘lga olindi

© Maryam DadashevaMaryam Dadasheva
Maryam Dadasheva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva shahar politsiyasi poytaxtning yirik bankida ishlaydiga opa-singillarni qimmatbaho avtomobil sotib olish vaqti hibsga oldi. Ular firibgarlikday ayblanmoqda.

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Opa-singil 26 yoshli Maryam va  22 yoshli Tamilla Dadashevalar Moskvada, narxi 7 million bo‘lgan Ferrari sotib olish vaqti, hibsga olindi, deb xabar qilmoqda Kommersant nashri.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Dadashevalar Sberbankning kichik biznes va yuridik shaxslar bilan ishlash bo‘limida ishlagan. Voqeadan bir necha kun oldin ular mijozlarning birining hisob raqamidan  40 mln rubl mablag‘ni soxta firmalar hisob raqamiga o‘tkazib naqd pulga aylantirib olishgan. Pul qo‘lga tegishi bilan, Ferrari avtosaloniga yo‘l olishgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Maryam shunday mashina haqida bir yildan beri orzu qilgan ekan. U Dubayda, Ferrrari yonida tushgan suratini Instagramda joylashtirib, "menga shuni sovg‘a qilinglar" deb yozgan.

Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, opa-singil Dadashevalar bir necha soxta firmalar orqali 4 milliard rubl o‘g‘irlashni rejalashtirishgan. Ayni damda pul o‘marishning ushbu uslubini kim o‘ylab topgani va ularning sheriklari bo‘lganmi yoki yo‘qligi aniqlanmoqda.

Tergov davomida opa-singillar qamoqqa olinmasligi va o‘y-hibsida bo‘lishi xabar qilinmoqda.   

Yangiliklar lentasi
0