03:06 26 May 2017
Efir
Hibsga olingan shaxs

Diniy oqimlarga qoʻshilgan 19 yoshli oʻzbekistonlik 7 yilga qamaldi

© Flickr/ Bread for the World
Hodisalar
Havola olish
64220

Inson tirikchilik, hayot uchun kurashish ilinjida baʼzan oʻz vatanidan uzoqda yashashga majbur boʻladi. Mehrsiz qolayotgan bolalar-chi, ularning taqdiriga bu holat qanday taʼsir koʻrsatadi?..

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Oiladagi nosogʻlom muhit 19 yoshli yigitni diniy oqimlarga boshladi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

"Chet elga borib, ishlab pul topishni maqsad qilgan ayrim yoshlar birovlarning yolgʻon vaʼdalariga uchib, yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishi holatlarini tahlil qilganimizda narpaylik Xudoyqul Mahammadiyevniki kabi oiladagi nobop tarbiya, ota-onaning bir-biriga mehrsizligi, roʻzgʻordagi yetishmovchilik kabi sabablarni topgandek boʻlamiz", — deyilgan maqolada.

Boshsiz qolgan oila…

Nashrda yozilishicha, Xudoyqulning onasi Oliya Rahimova endigina 40 yoshdan oshgan, uch farzandning onasi. Xudoyqul oilada toʻngʻich farzand. Oila boshligʻi — Tolib Omonov 10 yillar burun Rossiyaga ketib, oilasidan xabar olmay qoʻygan. Dastlab roʻzgʻoriga pul yuborib turgan boʻlsa-da, keyinchalik turli sabablarni roʻkach qilib, telefon ham qilmagan, ancha yillar undan darak boʻlmagan.

Ayol eri oʻzga yurtda boshqa ayolga uylanganini eshitgach, pul topishim, bolalarni boqishim kerak, degan qarorga keladi.

Bir-ikki tanishi "Turkiyaga borsangiz, ayollarga yaxshigina haq toʻlaydi", deb maslahat bergach, Oliya uch farzandini erining singlisiga ishonib topshirib, xorijga yoʻl oladi. Dugonalaridan biri yordami bilan turk fuqarolarining uyiga enaga boʻlib ishga joylashadi.

Onaning qatʼiyatsizligi

Xudoyqul ulgʻaydi, ukalari ham maktabga qatnay boshladi. U Kattaqoʻrgʻon shahridagi akademik litseyni bitirib, Navoiy davlat universitetiga hujjat topshirdi. Ammo test sinovlaridan oʻta olmagach, onasiga qoʻngʻiroq qilib, uning yoniga – Turkiyaga borishga qaror qildi. 

"Dastlab onam yordamida qurilish tashkilotida ishlay boshladim, – deydi X.Mahammadiyev. – U kishi ishlab, istiqomat qiladigan xonadonda mening yashashim mumkin emas edi. Negaki, xonadonda hamma narsa, jihoz ham keraklicha boʻlingan, onamning ijarada yashashi xonadon bolalariga enagaligi haqidan chegirib qolinardi. Shu sabab narpaylik joʻralarim bilan ijarada turdim. Uch yillar ishladim, tayinli ish haqi berilmasdi. Uyga har zamonda pul yuborardim. Keyinchalik poyabzal fabrikasidan ish topdim. Narpaylik tanishlarim uylariga ketgach, 2014 yilda ijara uyda bir oʻzim qolib, ijara toʻlovi ogʻirlik qildi".

Ekstremistlar uchun "tayyor oʻlja"

Xudoyqul poyabzal fabrikasida oʻzi bilan birga ishlaydigan diniy ekstremistik tashkilot vakili turkmanistonlik Xamroz degan yigit bilan tanishdi. Uning "gʻamxoʻrligi" va taklifi bilan Xamroz, Normoʻmin, Muhriddin toʻrtalasi birga yashay boshladi.

Eʼtiqodi moʻrt Xudoyqul yangi tanishlari davrasida Xamrozning daʼvati bilan islom dini amallarini oʻrgandi. "Jihodchilar" diniy ekstremistik oqimining gʻoyaviy rahnamosi hisoblangan Abduvali qori Mirzayev va boshqa qorilarning ekstremistik, aqidaparastlik mazmundagi audio maʼruzalari, videolavhalarini koʻrib, eshitadi, yot gʻoyalar taʼsirida koʻnglida "huzur-halovat" topgandek boʻldi.

Ekstremistik va terroristik tashkilotlarni dunyoning barcha musulmon davlatlarida, xususan, Oʻzbekistonda ham shariat qonun-qoidalariga asoslangan yagona "xalifalik" davlatini barpo etish, ushbu gʻoyalarga qarshi chiqqanlarni "islom dushmani" deb eʼlon qilib, ularga qarshi siyosiy va qurolli kurash olib borish toʻgʻrisidagi qarashlari Xudoyqulning ongu tafakkurini butkul zaharladi.

Institut oʻrniga aqidaparastlardan olingan taʼlim

Xamrozning yordamida Istanbul shahrida xufiyona faoliyat yuritib kelayotgan "Jihodchilar" diniy ekstremistik oqimi vakili, andijonlik Najmiddin va Bahodir bilan tanishdi. Andijonlik yigitlar daʼvati bilan Istanbuldagi masjidlarga diniy taʼlim olish maqsadida qatnay boshladi.

Ushbu masjidlarda gʻoʻr va eʼtiqodi sust kishilarga taʼlim beradigan ekstremistik oqimlar gʻoyaviy rahnamolarining aqidaparastlik mazmundagi maʼruzalaridan saboq oldi. Suriyada jangovar harakatlar olib borayotgan "Islom davlati" terrorchilik tashkiloti jangarilari safiga qoʻshilish borasidagi maʼruzalarni tingladi.

Hatto u 2014 yilning oxiri, 2015 yilning boshlarida jihodga, hijratga qiziqib, Suriyaga ketmoqchi, musulmonlarga yordam bermoqchi(!) boʻldi.

Soʻnggi pushaymon

"Ongu tafakkurim butkul zaharlanib boʻlgandi, – deydi Xudoyqul. – Bunday qarorga kelishimga ijara uydagi hamxonalarim, diniy ekstremistlarning jirkanch daʼvatlari, uydirmalari sabab boʻldi. Bugun esa qattiq pushaymondaman. Men singari oʻnlab oʻzbekistonlik yigitlar ana shunday taʼsirga tushib qolishdi". 

Xudoyqul besh yildan koʻproq muddat diniy ekstremistik tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan. 2015 yil dekabr oyida uning faoliyatiga huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan nuqta qoʻyildi. Oqibatda u sud hukmi bilan yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Asosiy mavzular