Buyuk Britaniyada kuchli portlash sodir bo‘ldi

© REUTERS / Neil HallLondon politsiyachisi
London politsiyachisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Britani G‘arbida, Virralda sodir bo‘lgan portlashda 32 kishi jarohatlandi.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Buyuk Britaniya G‘arbida sodir bo‘lgan kuchli portlash, gaz oqib ketishi yoki yong‘in natijasida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Mahaliy "Tez yordam" xizmati xabariga ko‘ra jarohatlanganlar soni 32 kishini tashkil qilgan.  

"Virralda sodir bo‘lgan noxush hodisa haqida: 30 kishi yengil jarohat olgan, ikki kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan", — deyilgan tibbiyot xizmati xabarida.

​Portlash yakshanba kuni, Buyuk Britaniya g‘arbida, Mersisayd grafligida joylashgan Virral (Wirral) aholi punktida sodir bo‘lgan. Yaqn atrofda yashaydigan aholi evakuatsiya qilingan.

Yangiliklar lentasi
0