YTHda motosikl haydovchisi qurbon bo‘ldi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent Halqa yo‘lida sodir bo‘lgan YTHda yuk avtomobili va motosikl to‘qnashib ketdi.

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Toshkent Halqa yo‘lining Mirzo Ulug‘bek tumanidan o‘tgan qismida jiddiy YTH sodir bo‘ldi. Unda "Isuzu" yuk avtomobili va "Lifan" motosikli to‘qnashib ketdi.

Voqea guvohlari aytishiga qaraganda YTHda yuk avtomobili haydovchisi aybdor. Yo‘l qoidalariga ko‘ra u motosikli o‘tkazib yuborishi kerak bo‘lgan. Sodir bo‘lgan kuchli to‘qnashuv oqibatida 65 yoshli motosikl haydovchisi qurbon bo‘lgan.

© Nuz.uzToshkentda YTH sodir bo‘ldi
Motosiklist pogib v DTP v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda YTH sodir bo‘ldi

 

Shahar YHXX xabariga ko‘ra tergov ishlari olib borilmoqda, yuk avtomobili haydovchisining shaxsi hali aniqlanmagan. Nuz.uz xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0