Tirraqi buzoq...

© AFP 2023 / JANERIK HENRIKSSON / TT NEWS AGENCYPolitsiya Shvetsii
Politsiya Shvetsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shvetsiyada 7-aprel kuni terrorchilik qilib 4 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan Raxmat Akilov o‘zbekistonlik bo‘lib chiqdi. Dunyoning barcha gazeta-yu jurnallari telekanallari O‘zbekiston nomini ushbu qotil nomi bilan yonma-yon tilga oldi.

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Ushbu yilning 7-aprel kuni Shvetsiyaning Stokholm shahrida terrorchi yuk mashinasini olib qochib odamlar ustiga haydagan. 4 kishi qurbon bo‘lgan, ular orasida 11 yoshli bola ham bor. Teraktda 15 kishi jarohat olgan. Keyin ma’lum bo‘lishicha ushbu qabih ishda o‘zbekistonlik Raxmat Akilov gumon qilinayotgan ekan.

Raxmat Akilov kim o‘zi?

OAVlarda aytilishiga ko‘ra u 1978 yilda Samarqandda tug‘ilgan Raxmatjon Qurbonov ekan. Qandaydir sabalarga ko‘ra keyinchalik u imsi sharifini o‘zgartirib Raxmat Akilovga aylangan. Uning  oilasi to‘rt farzandi bor ekan, millati tojik, kasbi — payvandchi ekan.

ChP v Stokgolme, gde gruzovik vyexal v tolpu lyudey - Sputnik O‘zbekiston
Stokgolmda yuk mashinasi odamlar ustiga bostirib bordi: qurbonlar bor

Shvetsiyaga qanday kelib qolgani noma’lum. Shvetsiya politsiyasi xabariga ko‘ra, Akilov "Xizb ut-Tahrir" ekstremistik tashkiloti a’zosi ekan. Dunyoda Islom xalifaligini o‘rnatishni maqsad qilgan ushbu tashkilot O‘zbekiston, Rossiya va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ta’qiqlangan. Shvetsiyada esa — ta’qiqlanmagan. 

Akilovni tanigan kishilar "Interfaks" agentligiga bergan xabariga ko‘ra, Shvetsiyada yashab yurgan vaqtlarida "Islom davlati" yollovchilari ta’siriga tushib qolgan, hatto Suriya hududiga borib jangarilar safiga qo‘shilishga uringan. 2015-yilda Akilov Turkiya — Suriya chegarasidan o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga tushgan. Uning qo‘lida Shvetsiya qochqinlik hujjati bo‘lgani tufayli u Shvetsiyaga deport qilingan.

Akilov 2014-yilda Shvetsiyada Yashash guvohnomasi olish uchun murojaat qilgan, lekin u bergan ma’lumotlari bir biriga mos kelmagan. Masalan, bir safar u O‘zbekiston qamoqxonasida 14 kun, boshqa safar 20 kun va uchinchi marta 9 kun bo‘lganman deb xabar bergan. Boshqa ma’lumotlarda uning oilasi goh o‘rta hol, goh boy badavlat deb ko‘rsatilgan. Ma’lumotlar bir-biriga mos kelmagani tufayli Shvetsiya migratsiya xizmati uning gaplariga ishonmagan va unga rad javobini bergan. Shundan keyin Akilov Shvetsiya hududini 4 hafta ichida tark etishi kerak bo‘lgan. Lekin u bunday qilmagan.

Sotrudniki politsii i spesslujb v Stokgolme, gde proizoshel terakt - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Stokgolm teraktida gumonlangan shaxsning yonidan o‘zbek pasporti topilgan

Shvetsiya OAVlari xabariga ko‘ra, rad javobini olgan Akilov yashirinib yurishga majbur bo‘lgan. Ishini yo‘qotgan va tushkunlikka tushib qolgan. Ba’zi xabarlarga ko‘ra narkotik moddalar qabul qila boshlagan. Akilov Stokholm chetida joylashgan yashirin masjidga borib turgan va o‘sha yerda "Islom davlati" yollovchilari bilan muloqotda bo‘lgan. Yollovchilar unga "dalda berib turgan".

Aftonbladet xabariga ko‘ra Akilov tez-tez radikal islom ekstremistlari bilan muloqotda bo‘lgan bo‘lsada, lekin islom dini borasida chuqur bilimga ega bo‘lmagan. U bilan birga masjidga borgan kishilar aytishiga qaraganda — hatto namoz o‘qishni ham bilmagan. Lekin "Suriyada bizning musulmon og‘a-inilarimiz (ID jangarilari) to‘g‘ri ish qilayapti" degan gaplarni ko‘p gapirgan.

2017 yilning fevral oyida O‘zbekistonda Akilovga nisbatan JKning diniy ekstremizm, ekstremistik tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish kabi bandlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va xalqaro qidiruvga berilgan. 

Yaqinda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarbayev chet elga ketib terrorchilar safiga qo‘shilgan Qozog‘iston fuqarolarini mamlakat fuqaroligidan muhrum qilinishi va ularga qaytib kelishga ruxsat berilmasligini xabar qilgan edi.

Tojikiston va Qirg‘izistonda ham terrorchi guruhlar tomonida turib turli davlatlardagi harbiy harakatlarda ishtirok etayotgan fuqarolar avtomatik tarzda fuqarolikdan mahrum qilinadi.  

Flag IGIL - Sputnik O‘zbekiston
Nazarbayev: biz terrorchilarni uyga qaytarmaymiz

Undan keyin Rossiya prezdidenti Vladimir Putin Rossiya fuqaroligini olgan (sobiq chet el fuqarolarini) ham terrorchilar safiga qo‘shilgani ma’lum bo‘lgan taqdirda ularga fuqarolik berish haqidagi qaror bekor qilinishini ta’kidladi.

Ushbu mudhish voqeadan keyin dunyoning barcha gazeta-yu jurnallari, telekanallari O‘zbekiston nomini ushbu qotil nomi bilan yonma-yon tilga oldi. Albatta, bunday "reklama" O‘zbekiston obro‘sini oshirmadi va sayyohlarni ham jalb qilmadi.

O‘zbekiston qonunchiligida ham shunday bo‘lim bor. Unda fuqaro biror shaxs yoki boshqa davlat foydasiga ishlab jamiyat va davlat manffatlariga zarar yetkizsa, u O‘zbekiston fuqaroligidan chiqarilishi mumkin deyilgan, lekin amalda ushbu qonun qo‘llanilgani haqida biror marta xabar qilinmagan.

Agar O‘zbekiston huquqni saqlash organlarida terrorchilar safiga qo‘shilgan fuqarolar haqida ma’lumot bo‘lsa, balkim, bundaylarni imkon qadar tezroq fuqarolikidan chiqarish kerakdir? Toki ularning qorasi O‘zbekistonga soya solmasin…

Yangiliklar lentasi
0