03:06 26 May 2017
Efir
ID bayrogʻi

Toshkent Stokgolmdagi teraktda gumonlangan Raxmat Akilov "ID" aʼzosi boʻlganini tasdiqladi

© Wikipedia/ VOA
Hodisalar
Havola olish
235 0 0

Joriy yilning 7 aprel kuni Raxmat Akilov Shvetsiyaning Stokgolm shahrida terrorchi yuk mashinasini olib qochib odamlar ustiga haydagan. 4 kishi qurbon boʻlgan, ular orasida 11 yoshli bola ham bor

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Toshkent Stokgolmdagi teraktda gumonlangan Raxmat Akilov "ID" aʼzosi boʻlganini tasdiqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Nashrga koʻra, bu haqda Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov jurnalistlar bilan uchrashuv vaqtida maʼlumot bergan, — deyiladi xabarda.

"Samarqand huquq-tartibot organlari tomonidan Stokholm shahridagi teraktni sodir etgan Oqilovga nisbatan Jinoyat kodeksining qator moddalari boʻyicha jinoyat ishi ochilgan va Yevropadagi sherik davlatlardan birining maxsus xizmatiga tegishli chora koʻrish uchun yuborilgan", degan Komilov.

Eslatib oʻtamiz, Joriy yilning 7 aprel kuni Raxmat Akilov Shvetsiyaning Stokgolm shahrida terrorchi yuk mashinasini olib qochib odamlar ustiga haydagan. 4 kishi qurbon boʻlgan, ular orasida 11 yoshli bola ham bor. Teraktda 15 kishi jarohat olgan. Keyin maʼlum boʻlishicha ushbu qabih ishda oʻzbekistonlik Raxmat Akilov gumon qilinayotgan ekan.

2017 yilning fevral oyida Oʻzbekistonda Akilovga nisbatan JKning diniy ekstremizm, ekstremistik tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish kabi bandlari boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan va xalqaro qidiruvga berilgan.

Mavzu boʻyicha

Tirraqi buzoq...

Asosiy mavzular