FSB Sankt-Peterburg terakti tashkilotchisini hibsga oldi

© FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie odnogo iz organizatorov terakta v metro Sankt-Peterburga A. Azimova
Zaderjanie odnogo iz organizatorov terakta v metro Sankt-Peterburga A. Azimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelib chiqishi O‘rta Osiyodan bo‘lgan Abror Azimov Sankt-Peterburg metrosida 3-aprel kuni amalga oshirilgan terakt tashkilotchilaridan biri bo‘lgan. Azimov xudkush-terrorchi Akbarjon Jalilovni tayyorlash bilan shug‘ullangan.

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Moskva viloyatining Odinsovo tumanida Sankt-Peterburg metrosidagi terakt tashkilotchilaridan biri hibsga olindi, RIA Novosti xabariga asosan.  

FSB xabariga ko‘ra, kelib chiqishi O‘rta Osiyodan bo‘lgan  Abror Azimov Sankt-Peterburg metrosida 3-aprel kuni amalga oshirilgan terakt tashkilotchilaridan biri bo‘lgan. Azimov xudkush-terrorchi Akbarjon Jalilovni tayyorlash bilan shug‘ullangan.

Hibsga olish vaqtida uning yonidan jangovor pistolet topilgan. Ayni damda Azimov Tergov qo‘mitasiga olib kelingan.

Eslatib o‘tamiz, 3-aprel kuni Sankt-Peterburgda xudkush-terrorchi o‘zini metro vagoni ichida portlatib yuborgan edi. Ushbu portlashda 15 kishi qurbon bo‘lgan va 50 ka yaqin kishi jarohatlangan edi.   

Bir necha kun oldin Sankt-Peterburg Tergov qo‘mitasi ushbu teraktga aloqador bo‘lgan 6 kishini habsga olganini xabar qilgan edi. Hibsga olish vaqtida ularning turar joyidan portlovchi moslama topilgan.

Yangiliklar lentasi
0