03:05 26 May 2017
Efir
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In

Shimoliy Koreya qay tarzda AQShga "zarba berishi" haqida video tarqatdi

REUTERS / KCNA
Hodisalar
Havola olish
92811

Shimoliy Koreyada Amerika Qoʻshma Shtatlariga raketa yordamida zarba berilishi "oʻxshatib koʻrsatilgan" videorolik namoyish qilindi

TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. KXDR AQShga raketa zarba berilishi "oʻxshatib koʻrsatilgan" videoni namoyish qildi, deb xabar tarqatdi RIA Novosti.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning bobosi Kim Ir Sen tavalludining 105 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan tantanali marosimda namoyish qilingan videoda yangi ballistik raketa uchirilishi tasvirlangan.

Kadrlarda snaryad okean ustidan uchib oʻtib, AQSH shaharlaridan biriga zarba berishi aks ettirilgan. Keyingi kadrlarda qabriston fonida yonayotgan Amerika bayrogʻi paydo boʻladi.

Bayramona kontsertda raketa sinovlarini koʻklarga koʻtarguvchi qoʻshiqlar yangragan. Shuningdek, bu sinovlar uchun masʼul Koreya xalq armiyasi strategik kuchlarining Tepxodon boʻlinmasi madh etilgan.

Qoʻshiqlarni birini matnida "Tepxodon raketasi chaqmoq misoli va imperializmga chaqiriq tashlashga tayyor"ligi haqida soʻzlar bor.

Vashington Pxenyanga mavjud vositalar bilan taʼsir oʻtkazishga va "tinchlikni kuch bilan oʻrnatishga" tayyorligi haqida bir necha bor aytgan. Bunga javoban Shimoliy Koreya provokatsiyalarga yadro zarbasi bilan javob qaytarishini maʼlum qilgan.

Asosiy mavzular