Qozog‘istonda suv toshqini: ortiqcha suvlar O‘zbekistonga yo‘naltirilishi mumkin

© sputniknews.kzQozog‘istonda suv toshqini
Qozog‘istonda suv toshqini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning bir nechta tumanlarida Favqulodda holat e’lon qilingan. O‘tgan dam olish kunlaridan buyon mamlakat suv toshqinidan aziyat chekmoqda. Qozog‘iston IIV ma’lumotlariga ko‘ra, suv toshqini Qozog‘istonning yettita shaharlarida 52ta aholi punktlariga zarar yetkazgan

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. 16 aprel kuni Sharik darosiga quyiladigan Jembarak darosining to‘lib-toshishi natijasida Ruzayevka qishlog‘ida suv sathining favqulodda tez ko‘tarilishi holati kuzatilgan. Oqibatda 185 ta uyni suv bosgan. Zudlik bilan evakuatsiya ishlari amalga oshirilgan, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston.

© Foto: KChS MVD RKLyudi perevozat veshi iz zatoplennix rayonov
Lyudi perevozat veshi iz zatoplennix rayonov - Sputnik O‘zbekiston
Lyudi perevozat veshi iz zatoplennix rayonov

15 aprel kuni esa Qozog‘istonning Akmolin viloyati Otbosar shahrida favqulodda holat yuzaga kela boshlagan — shahar oldidan oqib o‘tuvvchi Jabay darosi himoya to‘g‘oni yuvib ketila boshlagan. Vaziyat o‘ta og‘ir bo‘lgani uchun hududga qo‘shimcha kuchlar yo‘naltirilgan.

© Foto: KChS MVD RKEvakuatsiya domashnego skota iz zatoplennix rayonov
Evakuatsiya domashnego skota iz zatoplennix rayonov - Sputnik O‘zbekiston
Evakuatsiya domashnego skota iz zatoplennix rayonov

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, suv toshqini Ostonagacha yetib kelishi mumkin. OAVlarda berilayotgan xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston tomon Qozog‘iston hududida joylashgan suv omborlaridagi ortiqcha suvlarni qabul qilishga tayyorligini bildirgan.

© Foto: KChS MVD RKVozvedenie protivopavodkovoy zashiti
Vozvedenie protivopavodkovoy zashiti - Sputnik O‘zbekiston
Vozvedenie protivopavodkovoy zashiti

 

Qozog‘iston Bosh vaziri Bakitjan Sagintayev favqulodda kengash davomida hukumat a’zolariga tabiiy ofatlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rish topshirig‘ini bergan. Vazirlar mahkamasi rahbari mamlakatda ro‘y bergan hodisa — hukumat tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato natijasi ekanligini ta’kidlagan.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

© Foto: KChS MVD RKRemont dambi na stansii Razyezd 42 v Akmolinskoy oblasti
Remont dambi na stansii Razyezd 42 v Akmolinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Remont dambi na stansii Razyezd 42 v Akmolinskoy oblasti
Yangiliklar lentasi
0