17:18 21 Sentyabr 2017
Efir
Yaponiya politsiyachilari

Yaponiya oʻz aholisini Shimoliy Koreyadan boʻladigan zarba haqida ogohlantirmoqda

© Flickr/ Juan A.
Hodisalar
Havola olish
35920

Yaponiya Shimoliy Koreya tomonidan roʻy berishi mumkin boʻlgan raketa zarbasiga qarshi tavsiyalarni eʼlon qildi

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Yaponiya hukumati mamlakat aholisi uchun KXDR tomonidan roʻy berishi mumkin boʻlgan raketa zarbasiga qarshi tavsiyalarni eʼlon qildi. Bu haqda Kiodo agentligiga tayangan holda RIA Novosti xabar berdi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Yaponiya hukumati bu vaqtda koʻchada boʻladiganlarga mustahkam binolarda yoki binoning yer ostida joylashgan qavatlarida bekinishni, agar panoh topish uchun joy mavjud boʻlmasa, yerga yuztuban yotishni tavsiya etgan.

Odamlarga binolar ichida oynasiz xonalarda berkinish tavsiya etilgan.

Yaponiya hukumati raketa zarbasi tahdidi haqida signallarni J alert ogohlantirish tizimi ovoz karnaylari, maxsus radioaloqalar, mahkamalar saytlari va elektron pochtalar orqali yetkazishni koʻzlamoqda.

Yaponiya hukumati mahalliy hokimiyat organlariga raketa tahdidi yuz berishi holatlariga qarshi aholi hamda yoʻllardagi avtotransport haydovchilari oʻrtasida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazishni tavsiya etgan.

Yaponiya raketa zarbasi tahdidini oʻta jiddiy qabul qilmoqda. Sababi, Shimoliy Koreya oʻz ballistik raketalari sinovini amalga oshirganida, Pxenyan uchirgan raketalar Yaponiya qirgʻoqlariga kelib tushgan. Ilgariroq Yaponiya harbiylari agar tahdid yuzaga kelgudek boʻlsa, KXDR raketalarini yoʻq qilish boʻyicha buyruq bergan, ammo raketalar Yapon dengizi yaqiniga kelib tusha boshlagach, bu kabi buyruqlar berilishi toʻxtatilgan. AQSH tomonidan Yaponiyada joylashtirilgan oldidndan ogohlantiruvchi tizimlar Pxenyan tomonidan raketalar uchirilishini oʻz vaqtida qayd eta olmagan.

Asosiy mavzular