06:01 21 Noyabr 2017
Efir
Mat s mladentsem

Farzandini sotib puliga uy olmoqchi boʻlgan ayol qoʻlga olindi

© Sputnik/ Aleksandr Kondratyuk
Hodisalar
Havola olish
38003

Ona oʻz farzandi uchun 14,1 ming dollar soʻragan

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Chilonzor tumani IIB xodimlari oʻzining toʻrt yoshli oʻgʻlini sotishga uringan ayolni qoʻlga oldilar, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Shahar IIBdagi manbaning aytishicha, ayol pulni olayotgan vaqtida ushlangan. U oʻz farzandi uchun 14,1 ming dollar soʻragan.

Yangi tugʻilgan chaqaloq
REUTERS / Athit Perawongmetha

Soʻroq vaqtida u bolasini sotib, uning puliga Toshkentdan bir xonali uy olmoqchi boʻlganligini maʼlum qildi. Ayol Qashqadaryo viloyatidan ekanligi aniqlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining odam savdosi moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

"Hozirda ayolning farzandi Toshkent shahar IIB qoshidagi reabilitatsiya markazida mutaxassislar qaramogʻida. Bolaning keyingi taqdiri hozircha aniq emas, lekin odatda farzandlar bundaylar qaramogʻida qoldirilmaydi, ular ota-onalik huquqidan mahrum etilishadi. Bolani ayolning qarindoshlari asrab olishlari ehtimoli ham yoʻq emas", — degan poytaxt IIB boshligʻi oʻrinbosari Doniyor Toshxoʻjayev.

Asosiy mavzular