10:01 25 Iyul 2017
Efir
Antiterroristicheskiye ucheniya spetsnaza UFSB i UMVD Rossii

Xabarovskda FSB binosiga uyushtirilgan hujumda ikki kishi halok boʻldi

© Sputnik/ Igor Zarembo
Hodisalar
Havola olish
269 0 0

Rossiya FSBning Xabarovsk oʻlkasi boshqarmasi qabulxonasiga nomaʼlum shaxs bostirib kirib qabulxonadagilarga qarata oʻq uzdi

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Xabarovskda FSB qabulxonasiga uyushtirilgan hujum oqibatida ikki kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti muassasaning jamoat bilan aloqalar markaziga asoslanib.

"Yigirma birinchi aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 17.02da Rossiya FSBning Xabarovsk oʻlkasi boshqarmasi qabulxonasiga nomaʼlum shaxs bostirib kirib qabulxonadagilarga qarata oʻq uzdi. Oqibatda bir nafar FSB xodimi va qabulxonada boʻlgan MDH fuqarolaridan biri halok boʻldi, yana bir fuqaro jarohatlandi. Hujum qilgan shaxs yoʻq qilindi", — deyiladi xabarda.

Voqea joyida tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular