15:30 25 Iyun 2017
Efir
Jinoyatchining qoʻlga olinishi

Qoʻriqlash xizmati xabar qiladi: oʻgʻrilar uzoqqa qocholmayapti

© Flickr / Keith Allison
Hodisalar
Havola olish
331 0 0

Oʻzbekiston IIV joriy yilning mart-aprel oylarida qoʻlga tushgan oʻgʻrilar haqida axborot berdi. Birovning mulkiga koʻz olaytirgan kimsalarni ushlashda mamlakat Qoʻriqlash xizmati tomonidan oʻrnatiladigan "tashvish tugmasi" katta foyda bermoqda

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Joriy yilning 16 aprel kuni yarim tunda Navoiy viloyati Zarafshon shahar IIBga "Ruxshona-Zarafshon" MCHJga tegishli spirtli ichimliklar savdo doʻkonidan "Tashvish xabari" kelib tushgan, deb xabar qildi Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmati.

Safdorlar N.Tolibov, D.Eshmurodov va A.Qodirovlar voqea joyiga yetib borishgan. Natijada savdo doʻkonining zaxira eshigini buzib ochib, oʻgʻirlik sodir etib, voqea joyidan yashirinishga harakat qilayotgan zarafshonlik rus millatiga mansub, 1992 yilda tugʻilgan fuqaro A. B ushlangan va shahar IIB navbatchilik qismiga topshirilgan.

Joriy yilning 16 mart kuni kech soat oʻn birlar atrofida Navoiy viloyati Karmana tumani Jaloyir Qishloq fuqarolar yigʻinida yashovchi, 1995 yilda tugʻilgan, fuqaro B.A  shahar buyum bozori oldi tomonidagi avtoturargoxda turgan fuqaro Zaripova N.ning qoʻlidagi sumkasini (ichida 200 AQSH dollari va 80 ming soʻm puli boʻlgan) tortib olib,  voqea joyidan qochib ketayotgan vaqtida bozor xududida tungi xizmatni olib borayotgan IIB huzuridagi "Qoʻriqlash" boshqarmasi katta inspektori mayor A.Sharipov hamda Navoiy shahar IIB huzuridagi "Qoʻriqlash" boʻlimi xodimlari katta serjant P.Jumayev va serjant T.Rasulovlar tomonidan tezkorlik bilan ushlangan. Jinoyatchi Navoiy shahar IIB navbatchilik qismiga topshirilgan.

Shuningdek, mart oyida Toshkent shahar Yashnabod tumani "Guruzliik" inshootidan "Tashvish" xabari kelib tushgan. Mazkur tashvish xabariga asosan Qoʻriqlash xizmati tezkor xarakatlanuvchi gurux xodimlari serjant O.A.Sobirov, safdor N.YU.Koshkarov, safdor N.I.Poʻlatovlar voqea joyiga yetib borib inshootni koʻzdan kechirishganda, inshoot atrofi va eshik oynalari joyidaligi aniqlangan. Xodimlar ortga qaytayotgan vaqtlarida bir shubhali shaxs ketayotganini koʻrib, uni toʻxtatishgan. Oʻzlarini tanishtirib, ushbu shaxsdan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini soʻrashganlarida, u toʻsatdan qochib ketishga uringan.

Qoʻlga olingan shaxs IIB navbatchilik qismiga topshirilganda, Mirobod tumani yashovchi 1970 yilda tugʻilgan bu shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25-97-1-qismi bilan jinoyat sodir etib, qochib yurganligi fosh boʻlgan.

Asosiy mavzular