Xitoyda jonli efir vaqtida boshlovchini chaqmoq urdi

Obuna bo‘lish
Hodisa boshlovchi Lu Saodun ko‘chada turib, ob-havo haqida gapirayotgan vaqtda yuz bergan. Bu vaqtda shaharda momaqaldiroq bo‘lgan

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Xitoyning Dalian TV telekanali boshlovchisini jonli efir vaqtida chaqmoq urdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti South China Morning Post nashriga tayangan holda.

Ta’kidlanishicha, hodisa Lu Saodun ko‘chada turib, ob-havo haqida gapirayotgan vaqtda yuz bergan. Bu vaqtda shaharda momaqaldiroq bo‘lgan.

"Jenmin jibao" nashri Yutubda e’lon qilgan videoda efir vaqtida favqulodda yorug‘lik yuz bergan, shundan so‘ng diktor baqirgan holda soyabonni chetga uloqtirgan. Taxminlarga ko‘ra, chaqmoq aynan soyabonga kelib tushgan.

"Qo‘lim qotib qoldi, qo‘lim va soyabon dastagida elektr toki chiqaradigan uchqunlarga o‘xshash zarralarga ko‘zim tushdi", deya iqtibos keltirgan South China Morning Post nashri boshlovchi so‘zlaridan.

Shu bilan birga, boshlovchi uchqunlar razradi unchalik kuchli bo‘lmaganiga iddao qilgan holda, ular videoda aks etmaganini qayd etgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0