Soxta tabiblik ortidan 500 ming dollarga yaqin pul ishlagan traktorchi qamaldi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, soxta tabibning korxonasi faoliyat ko‘rsatgan davrda topgan noqonuniy daromadi 1,8 milliard so‘mni tashkil qilgan

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekistondagi qishloqlardan birida yashovchi traktorchi firibgarlik yo‘li bilan tabiblik sertifikatini qo‘lga kiritgani va tabiblik qilgani uchun 8-yilga qamaldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti "Huquq" gazetasiga tayanib.

Ekstrasens buyumlari - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada o‘zbekistonlik soxta ekstrasenslar sud qilinadi

Xabarda aytilishicha, Buxoro viloyatining Olot tumanidagi qishloqlardan birida traktorchi bo‘lib ishlagan Qahramon Po‘latov aldov yo‘li bilan Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan psixologlar, vrachlar va xalq tabiblari butunjahon assotsiatsiyasining a’zolik sertifikatini qo‘lga kiritadi.

2016 yil aprelda u tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi xususiy korxona tashkil etadi va o‘z qarindoshlarini ham bu ishga jalb etadi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, soxta tabibning korxonasi faoliyat ko‘rsatgan davrda topgan noqonuniy daromadi 1,8 milliard so‘m (O‘zbekiston Markaziy banki kursi bo‘yicha 500 ming dollarga yaqin)ni tashkil qilgan.

"Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi Po‘latovni 8-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va eng kam ish haqining 150 baravari (6000 dollar) miqdorida jarima to‘lashga hukm chiqardi", — deyiladi xabarda.

Nashrning yozishicha, uning sheriklari ham respublika Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq javobgarlikka tortilishgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0