Damashq aeroporti hududida dahshatli portlash sodir bo‘ldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSituatsiya v siriyskom gorode Damaske
Situatsiya v siriyskom gorode Damaske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Portlash shu darajada kuchli bo‘lganki, uning tovushi aeroportdan 25 kilometr uzoqlikdagi masofadan ham eshitilgan

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Damashq aeroporti hududida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti "Al-Mayadin" telekanaliga tayanib.

Damashq - Sputnik O‘zbekiston
Damashqda juft terakt sodir bo‘ldi, 30 dan ortiq odam qurbon bo‘ldi

Portlash shu darajada kuchli bo‘lganki, uning tovushi aeroportdan 25 kilometr uzoqlikdagi masofadan ham eshitilgan.

OAVning xabar berishicha, portlashdan so‘ng yong‘in boshlangan. Livanning "Al-Manar" telekanali aeroport hududida Isroil aviazarbasi oqibatida yonilg‘i ombori yonib ketganini xabar qilmoqda.

Hozircha Suriya va Isroil tomonidan rasmiy izoh berilmadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0